Prezident tashabbusi – amalda
Prezidentimiz raisligida 11 sentyabr kuni kambag‘allikni qisqartirish ishlarini keyingi sifat bosqichiga olib chiqish masalalari muhokamasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini so‘zsiz ta’minlash yuzasidan Surxondaryo viloyatida aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliy ishlar boshlandi.
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanida “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturiga muvofiq aholini qo‘llab-quvvatlash choralari bo‘yicha yuklatilgan vazifalar ijrosini muhokama etdi.
Yig‘ilishda boshqa tumanlar va Termiz shahri studiyalari orqali hududlardagi oilalarga biriktirilgan mutasaddilar ham ishtirok etdi.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash uchun viloyatda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da turgan 23 ming 300 oila 4 ming 700 dan ortiq mutasaddiga biriktirilib, amalga oshiradigan ishlari tushuntirildi. Kambag‘allik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan Muzrabot tumani yangi tizimni amalga oshirishda namunali hudud sifatida tanlab olindi va hududga viloyat idora, tashkilotlaridan 174 nafar mas’ulga biriktirib berildi.
Tumandagi 25 ming 926 xonadondagi 33 ming 865 oilada 155 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ayni paytda 9 ming 545 nafar kishi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lib, 5 ming 296 oila “Ijtimoiy himoya yagona reyestr”ga kiritilgan. 4 ming 382 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs, 11 nafar yakka-yolg‘iz va yolg‘iz yashovchi nogironligi bo‘lgan, 127 nafar tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan shaxs yashaydi. 4 ming 181 nafar fuqaro vaqtincha ishsizlar ro‘yxatiga olingan.
Yig‘ilishda viloyat rahbari mamlakatimizda kambag‘allikni qisqartirish umummilliy harakatga aylanayotganini ta’kidlab, har bir mas’ulning bu ishga alohida e’tibor bilan qarashini qayd etdi. Bu boradagi ishlar natijadorligini ta’minlash, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanish xususida so‘z yuritdi. Kambag‘al oila a’zolarini o‘qitish, kasbga o‘rgatish va ish bilan ta’minlash, “kambag‘al oilalar portreti”ni ishlab chiqish kabi yangi yondashuvlarni sifatli tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi. Barcha darajadagi rahbarlarga biriktirilgan oilalar bilan ishlashga muhim vazifa sifatida qarab, belgilangan ishlarni tizimli va samarali tashkil etish yuzasidan tegishli vazifalar topshirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |