2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabullarda muammolarga yechim izlanmoqda

Jizzax viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i, viloyat 4-sektor rahbari ayni paytda tumanlardagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida mavjud muammolarni aniqlash va mas’ullar ko‘magida bartaraf etish maqsadida olis hududlarga borib, “xonadonbay” tizimida aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishmoqda.

Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpo‘latov o‘tgan haftada Zarbdor tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilgan bo‘lsa, kuni kecha Arnasoy tumanidagi “Baxtli” MFYda sayyor qabul o‘tkazdi.

4-sektor rahbari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullarning e’tiborga molik tomoni shundaki, Bekzod Tashpo‘latov dastlab mazkur mahalla yettiligi va faollari bilan uchrashib, hududdagi vaziyat haqida suhbatlashib oladi. So‘ngra sayyor qabul oldidan “xonadonbay” yurib, ijtimoiy daftarlar ro‘yxatida turuvchi, kam ta’minlangan, ehtiyojmand xonadonlarga boradi, shu xonadon oila a’zolari bilan yuzma-yuz uchrashadi, ularning dardu tashvishlari, qiynayotgan muammolarini tinglaydi, o‘rganadi. Ana shu ishlar yakuniga yetgach, mahalla binosida sayyor qabulda fuqarolar bilan ochiq muloqotga kirishadi. 

Bu galgi Arnasoy tumani, “Baxtli” MFY fuqarolari uchun o‘tkazilgan sayyor qabulda mahalla ahli tomonidan – ichimlik suvi, tadbirkorlik faoliyati uchun kredit mablag‘lari olishda ko‘maklashish, kadastr hujjatlari chalkashliklari, doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tishda duch kelinayotgan muammolar, maktab o‘quvchilari uchun yo‘lak qurib berish, mahalla qabristonini obodonlashtirish uchun suv tarmog‘iga ulanish, aholi tomorqalarini sug‘orish uchun oqar suv olib kelish kabi o‘nlab masalalar ko‘tarildi. 

Ko‘tarilgan masalalarning bir qismi joyida o‘z yechimini topgan bo‘lsa, ko‘p vaqtni va katta mablag‘ni talab qiluvchi muammolarni hal etish borasida mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosini muntazam ravishda nazorat qilib borishni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘z zimmasiga oldi. 

– Yillab o‘z yechimini kutib yotgan muammolarni ikki - uch kunda hal qilib beraman, deb yolg‘on gap bilan xalqni ishontirib bo‘lmaydi, – deydi Bekzod Tashpo‘latov. – Har bir murojaatchining ko‘targan masalalsini avval tubdan o‘rganish, uni bartaraf etish yo‘llarini aniqlash, masala yechimi bilan shug‘ullanuvchi mutasaddi uchun ta’minot manbasini ham topib berish lozim. Ana shularning hisobini olib, keyin masala hal bo‘lishi bo‘yicha va’da bersak yarashadi. 

Sayyor qabul yakunida “Ayollar daftari”ga kiruvchi va band bo‘lmagan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash maqsadida “Baxtli” MFY binosida tashkil etilgan qisqa muddatli tikuvchilik kursini tamomlagan ayollarga sertifakatlar topshirildi.

17.09.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar