Andijon viloyati tuman, shahar Xalq qabulxonalariga “Cobalt“ rusumli xizmat avtomashinalari topshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi tuman, shahar Xalq qabulxonalari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda xalq bilan muloqotning mutlaqo yangi tizimi – Xalq qabulxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyilgani joylarda odamlarning orzu-istaklari, talab va ehtiyojlarini oʻrganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.
Ayni paytda viloyatda 16 shahar va tuman Xalq qabulxonalari aholiga xizmat koʻrsatmoqda. Oʻtgan davr mobaynida ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi.
– Viloyatdagi Xalq qabulxonalari samarali faoliyat olib bormoqda, – deydi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Mamazoir Xoʻjamberdiyev. – Birgina 2018 yilda fuqarolardan Xalq qabulxonalariga 25 ming 528 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 20 ming 343 tasi, yaʼni 78 foizi ijobiy yechimini topdi.
Prezidentimizning joriy yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan Xalq qabulxonalari zimmasiga muhim vazifalar yuklandi. Eng asosiysi, 2019 yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal etadi.
Xalq qabulxonalarining xizmat avtomobillari bilan taʼminlanishi, shubhasiz, ular faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ayniqsa, chekka qishloqlarga borish va u yerda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz muammolarini hal etish imkoniyatini kengaytiradi.
Tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov soʻzga chiqdi.
F.Ubaydullayev, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |