2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Boyovutda ishli va kasb-hunarli ayollar ko‘paymoqda

Davlatimiz rahbarining 2020 yil 8 oktyabrda jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishidagi tashabbusi tufayli xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi ish tizim – har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat bo‘yicha “Ayollar daftari” joriy etildi.

Bu esa, ikki nafar farzandning onasi uchqo‘rg‘onlik Bashoratxon Boboyeva singari ishsiz va daromadsiz ayollar uchun nihoyatda qo‘l keldi.

Bashoratxon  Boboyeva  bundan bir yil muqaddam qo‘lda gulday hunari bo‘lsa-da, tikuv mashinasi va overlok olish uchun imkoniyati yo‘qligi sababli  mahallaning xotin-qizlar masalasi bo‘yicha faoliga murojaat qildi.Uning shart-sharoiti, oilaviy ahvoli o‘rganilib, "Ayollar daftari" ro‘yxatiga kiritilib, u istagandek, zamonaviy tikuv mashinkasi, overlok olib berildi.

Bundan  u juda ham xursand.  Davlatimiz  rahbarining tashabbusi bilan joriy etilgan  "Ayollar daftari" tufayli  u o‘z xonadonida ko‘rpa va ko‘rpacha tikish ishlarini yo‘lga qo‘ydi. Yil boshidan buyon  bichgan,  tikkan va qavigan ko‘rpa va ko‘rpachalarining son-sanog‘i yo‘q.  Qaysi xonadonga bormang,  u tikkan va qavigan ko‘rpa va ko‘rpachaga ko‘zingiz tushadi.

U yana bir- ikkita shu turdagi tikuv mashinasi  va overlok sotib olib,  faoliyatini kengaytirmoqchi. Unda ishlash istagi bor shogirdlar esa Boyovut tumanining Uchto‘rg‘on mahallasida  ko‘p.

Boyovutda ishsiz, moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni  har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish  borasida  manzilli dastur ishlab chiqilib, u asosda ish olib borilyapti.

–Bu borada ish tashkil etish va ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish maqsadida  eng birinchi galda  ishsiz va daromadsiz xotin-qizlar ro‘yxati shakllantirilib,  ular xohishlari o‘rganib chiqildi,–deydi tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari  Mehriniso Eshonxonova. —Bashoratxon singari   hunarmandchilik yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga tikuv mashinasi va overlok,   qandolatchilik yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarga  pech, maishiy xizmat yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatmoqchi bo‘lganlarga maishiy xizmat jihozi va uskunalar  subsidiya va  imtiyozli kredit mablag‘i hisobidan olib berilyapti.  Bu esa, ishsiz ayollarning ishli, daromadsiz oilalarning daromadli bo‘lishiga hissa qo‘shishi barobarida  ushbu yo‘nalishlarda o‘z faoliyatini  boshlagan xotin-qizlar soni ortishiga sabab bo‘lmoqda.  

Bu ishlarning samarasida  Uchto‘rg‘onda bo‘lgani kabi Anorzor mahallasida ham ibratli ishlar yo‘lga qo‘yildi. Buning natijasida  "Ayollar daftari" da turgan  86 nafar ishsiz va daromadsiz xotin-qizning ishli va kasb hunarli bo‘lishi uchun «Ishga marhamat» monomarkaz"ida o‘quv tashkil etilib, malakasi oshirildi. Ularga 200 million so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari hisobidan tikuv mashinasi, overlok va boshqa jihozlar olib berildi.

– Eng quvonarlisi, mahallamiz hududida kasanachilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan "Jasmina-Muslima hamkor"  mas’uliyati cheklangan jamiyatida qo‘shimcha ish o‘rni yaratilib,   "Ayollar daftari" ro‘yxatida turgan 15 nafar xotin-qizning bandligi ta’minlandi. Buning uchun tadbirkor Muslima Rahbarqulovaga rahmat, –deydi "Anorzor" mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Muhayyoxon Toshpo‘latova.

MCHJda kasanachilik asosida ish yuritish barobarida tikish-bichish sirlari o‘rgatilayapti. Ish haqi berilib, oilalarining byudjetiga  hissa qo‘shilmoqda.

Kuni kecha ana shu ishlarning uzviy davomi sifatida yana bitta yaxshi ishga qo‘l urildi. Tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh  Alisher  Navoiy mahallasida istiqomat qilayotgan bir farzandli yolg‘iz ayol Zaynura Boboxonova  xonadonida bo‘lib, unga o‘zi istagandek  zamonaviy, eng so‘nggi rusumdagi  tikuv mashinasi berishdi.

–Onam vafot etgan, otam qaramog‘ida yashasam-da tikuvchilik sir- asrorini yaxshi bilaman. Qo‘shimchasiga "Ishga marhamat" monomarkazida o‘qib, o‘z tajribamni oshirdim. Nasib qilsa, hunarmandchilik yo‘nalishida o‘z faoliyatimni boshlab, uni kengaytiraman. Bu esa, oilamiz, farzandim uchun nihoyatda muhim,–deydi u.

Xullas, Boyovutda "Ayollar daftari"da ro‘yxatda turgan ishsiz va daromadsiz  xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va daromadini oshirishga qaratilgan yumushlar tobora keng quloch yoymoqda. Bu esa ularning kasb-hunarli, daromadli bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

06.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar