2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Sayyor qabulda xotin-qizlar muammolari hal etildi

Shu kunlarda mamlakatimizda aholining turmush darajasini oshirish, ayniqsa, xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarinihal qilish, ularni ijtimoiy himoyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.Bu borada hududlarda turli tadbir va uchrashuvlar muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri, Buxoro viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Firuza Ibrohimova ishtirokidagi sayyorqabul Shofirkon tumanida boʻlib oʻtdi. Tadbir tuman mahallalar uyushmasi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik, Ichki ishlar, Adliya boʻlimlari, Majburiyijro byurosi, ATB “Xalq banki”, Yoshlar agentligi boʻlimlari, Tibbiyot birlashmasi, FHDYO boʻlimi hamkorligida tashkil etildi.

Qabuljarayonida xotin-qizlardan kelib tushgan 56 murojaatning 26 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan 17 ta murojaat tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirilib, 13 nafar xotin-qizga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Murojaatlarning aksariyati oilaviy kelishmovchiliklar,ish bilan taʼminlash, imtiyozli kredit olish, aliment pulini undirish, moddiyyordam koʻrsatish, kadastr masalasi, himoya orderi olish, davolanish bilan bogʻliq boʻldi.

Shuningdek, tadbirkorlik ishini boshlamoqchi boʻlgan,“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlardan 7 nafariga tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi tavsiyasi bilan subsidiya asosida elektropech va tikuv mashinasi berildi.

Boquvchisini yoʻqotgan va nogironligi boʻlgan 32 nafar ehtiyojmand xotin-qizga bir martalik moddiy yordam ajratildi.

Mazkur tadbirlar joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilish, xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash yoʻlida amalga oshirilayotgan muhim chora-tadbirlar ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

15.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar