Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazida hududdagi tadbirkorlar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha o‘rganish, ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish maqsadida viloyat hokimi Normat Tursunov ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir avvalida viloyat hokimi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash, real daromadini oshirish va bandligini ta’minlash ustuvor vazifa ekanligini ta’kidladi.
Tadbirda 50 dan ziyod tadbirkorning murojaat va takliflari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim izlandi.
Tadbirkorlarning har bir murojaati mutasaddi idoralar vakillari, boshqarmalar hamda masalaga daxldor korxona, tashkilot rahbarlari ishtirokida tahlil etilib, ularning aksariyati ijobiy hal etildi.
– Bizning korxonamiz import-eksport masalalari bilan shug‘ullanadi, – deydi “White Ford Ecosport” korxonasining moliyaviy masalalar bo‘yicha direktori Dilnoz Omonova. – Bugungi ochiq muloqotda Qozog‘istondan yurtimizga g‘alla olib kelish maqsadida Agrobankdan aylanma mablag‘ uchun kredit ajratishni tezlashtirish masalasida murojaat qildim. Chunki qancha kech olib kelsak, shuncha narx-navo ko‘tarilib ketaveradi. Shuningdek, “Karmana asl don” MCHJ miz ham bor. Undan 3 nafar fermerning qarzi bor. 2 yildan buyon qarzni to‘lab berishmayapti. Garchi qarzdorlikni undirish bo‘yicha hujjatlar Majburiy ijro byurosiga o‘tgan bo‘lsada, hanuzgacha undirilgani yo‘q. Yana bir masalada viloyat hokimiga murojaat qildim. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan hududga kiritilgan har bir vagon uchun imtiyoz qo‘llanilishi kerak. Mavjud 133 ta vagonimizdan 30 tasiga imtiyoz qo‘llanilib, 103 tasiga qo‘llanilmagan. Bu qariyb 1 milliard so‘m mablag‘imiz temir yo‘lda yotibdi, degani. Uchrashuvda ushbu mablag‘ni keyingi vagonlarimizga qo‘llash uchun amaliy yordam so‘rab murojaat qildim. Barcha masalalarni ijobiy hal qilish uchun mas’ullarga topshiriqlar berilib, muddat belgilandi. Kutamiz.
Albatta, tadbirkorlik faoliyatining qo‘llab-quvvatlanishi, ularni qiynayotgan muammolarning o‘z vaqtida ijobiy hal etilishi nafaqat tadbirkorga daromad olib keladi, balki yangidan-yangi ish o‘rinlarining yaratilishi bilan birga davlat byudjetining shakllanishiga ham ulush bo‘lib qo‘shiladi.
Ochiq muloqotda har bir murojaat e’tiborda ekanligi ta’kidlanib, viloyat hokimi mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga tadbirkorlarning murojaatlarini tez va qisqa muddatlarda ijobiy hal etish choralarini ko‘rishi lozimligi to‘g‘risida topshiriqlar berdi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |