2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Hujjatlarda boʻlmagan 10 mingdan ziyod oila, 10 mingga yaqin bola, 75 mingdan ziyod xonadon

Davlat xizmatlari agentligidan maʼlum qilishlaricha, 9 ming 988 hujjatsiz bola aniqlangan va ularning 7 ming 712 nafari hozirda shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlgan; Qonuniy nikohsiz yashab kelgan 10 ming 24 oila aniqlanib, ularning 6,5 mingga yaqinida nikoh rasmiylashtirilgan; 75 ming 242 nafar yurtdoshlarimiz oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga egalik huquqi berilgan.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) organlari tizimida oʻtkazilgan oʻrganishlar mamlakatimiz demografik statistikasida katta xatolar borligini koʻrsatgan. Yurtimizning chekka hududlarida istiqomat qilayotgan aholi hamon tugʻilgan chaqaloqlarini roʻyxatdan oʻtkazish, nikohni rasmiylashtirishga befarq qarab kelmoqda. Maʼlum boʻlishicha, qayd etilmagan hujjatlarning 90 foizga yaqini tugʻilish va nikoh haqidagi guvohnomalarga toʻgʻri kelgan.

 

Ammo yuridik nuqtai nazardan mazkur hujjatlarning mavjud emasligi fuqarolarning qonuniy huquq va erkinliklaridan mahrum qiladi. Masalan, tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi boʻlmasa, shu shaxsni yoʻq, deb hisoblasa boʻladi. Axir guvohnomasiz bolani bogʻchaga rasmiylashtirib boʻlmaydi, maktabga berib boʻlmaydi.

 

Bu kabi kamchiliklar aniqlangach, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari va joylardagi FHDYO boʻlimi xodimlari uyma-uy yurib, muammolarni bartaraf etishga harakat qildi.

 

Natijada 9 ming 988 hujjatsiz bola aniqlandi. Ularning 7 ming 712 nafari hozirda shaxsni tasdiqlovchi hujjatga ega boʻldi. Qolganlari koʻrib chiqilmoqda.

 

Zero, Davlatimiz rahbari qayd etganidek, birorta bola qayd etilmasdan qolishi mumkin emas. Tugʻilganlikning qayd etilishi - bola huquqlari roʻyobga chiqarilishining va fuqarolik boʻlmasligini oldini olishning huquqiy asosidir.

 

Qonuniy nikohsiz yashab kelgan oilalarni oʻrganish natijasida 10 ming 24 shunday oila aniqlangan. Keng qamrovli tadbirlar natijasida qariyb 6,5 mingga yaqin oilada nikoh rasmiylashtirilgan.

 

Bu jarayonda Davlat xizmatlari markazlari xodimlari aholining huquqiy savodxonligini oshirishga ham alohida eʼtibor qaratmoqda.

 

Shu kabi muammolarni bartaraf etish boʻyicha Davlat xizmatlari agentligining 1148 raqamli ishonch telefoni ham faoliyat yuritmoqda.

 

Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini oʻz vaqtida qayd etilmaganligini aniqlash boʻyicha oʻtkazilayotgan inventarizatsiya tadbirlari 2019 yil 1 iyulga qadar davom etadi.

 

Agentlik tomonidan oʻtkazilayotgan yana bir ijtimoiy aksiya - oʻzboshimchalik bilan qurilgan turarjoylarni qonuniylashtirishdir.

 

Davlat idoralari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakolatli organlarning beparvoligi sababli uy-joyga ega boʻlish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud boʻlishiga qaramasdan, minglab fuqarolar koʻp yillar davomida oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida uy-joylarni noqonuniy barpo etishgan.

 

Hozirgi kunda bu masala butun respublika boʻyicha ommaviy tus olib, uy-joy uchun zarur hujjatlarning mavjud emasligi tufayli aholi oʻrtasida boshqa ijtimoiy muammolar kelib chiqishiga sabab boʻlmoqda. Chunki bu yashab turgan joyida roʻyxatdan oʻtish, mulk huquqiga ega boʻlish va uni amalga oshirish imkoniyati mavjud emasligiga olib keladi.

 

Bu muammoning yechimini topish maqsadida Prezident farmoni eʼlon qilingan. Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilingan.

 

Shunga koʻra, 2019 yil 1 mayga qadar fuqarolarning oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki tegishli ruxsatsiz qurilgan imoratlarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish boʻyicha bir martalik umumdavlat aksiyasi eʼlon qilindi.

 

2019 yil 1 fevralga qadar 75 ming 242 nafar yurtdoshimiz oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga egalik huquqini qoʻlga kiritdi.

 

Mazkur aksiya 2019 yil 1 mayga qadar davom etadi. 

 

Norgul Abduraimova, OʻzA

06.02.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar