2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatlar joyida hal etildi

Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Bahodir Valiyev hamda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov aholi bilan bevosita va ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida “Acharya” universitetida sayyor qabul tashkil etdi.

Tadbirda universitet moddiy-texnik imkoniyatlarini yaxshilash, bunda talabalarga zarur shart-sharoitni yaratish bilan birga, aholi orasida elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotini barqaror izga solish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘rgazma namoyish etildi.

Mutasaddilar ishtirokida shu joyning o‘zida, ijtimoiy reyestrda turgan fuqarolarning bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi ham tashkil qilindi. Bu jarayonda 16 ta korxona va tashkilot o‘zining 1834 ta bo‘sh-vakant ish o‘rni bilan qatnashdi va tadbirda 104 nafar ishsiz yigit-qiz o‘zlari istagan ishga qabul qilindi.

Shu kuni yarmarka doirasida ijtimoiy muhofazaga olingan toifadan 16 nafar ayol va “Yoshlar daftari”da turuvchi fuqarolarga subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinasi va non pishirish uskunasi tarqatildi. Qolaversa, ko‘rgazmada ishtirok etgan qorako‘lliklardan 23 nafariga uch g‘ildirakli yuk tashish mototsikli, motokultivator va o‘t maydalagich kabi zarur dastgoh va uskunalar imtiyozli kredit asosida rasmiylashtirib berildi.  

Ta’kidlash joiz, Qorako‘l tumanida Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan “Acharya” universiteti filiali ochilganiga bir yil to‘ldi. Shunga qaramay, mazkur xorijiy ta’lim muassasasida o‘qish istagini bildirgan yoshlar safi kengayib bormoqda. Universitetda yigit-qizlar sun’iy intellekt, ma’lumotlar fani, kiberxavfsizlik, biznes tahlil va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha mukammal bilim olish imkoniyatiga ega.

Shuningdek, asosiy e’tibor axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasini o‘rgatishga qaratilgan. Pedagoglarning 70 foizi chet Hindistondan kelib ta’lim bermoqda. Endilikda mahalliy o‘qituvchilar esa Hindistonga borib malaka oshirish imkoniga ham ega bo‘lmoqda.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama yetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularning intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va salohiyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun joylarda barkamol avlod vakillari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.  

Shunday uchrashuvda 20 nafarga yaqin yigit-qiz ishtirok etib, o‘zlari duch kelayotgan muammolar va takliflarni bayon qildi. Jumladan, Oysulton Abdullayevaning oliygohda o‘qishi uchun shartnoma to‘lovini to‘lashda amaliy yordam beriladigan bo‘ldi. Shohjahon Abdullayevning ishga kirish haqidagi murojaati esa shu joyning o‘zida hal etildi.  

Tuman probatsiya guruhi hisobida turuvchi 8 nafar yoshning sayyor sudi o‘tkazilib, shu joyning o‘zida ularga berilgan jazo muddati rasman tugatildi.

19.10.2024

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar