Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan aholi muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.
Ayni maqsadda respublikamizning eng chekka hududlarida Prezident Xalq qabulxonasi rahbari Ulug‘bek Muhammadiyev boshchiligida Oliy sud, huquq-tartibot organlari, setor rahbarlari, “mahalla yettiligi” va tegishli tashkilot mas’ullari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Jumladan, joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida tashkil etilgan ochiq muloqotlar davomida jami 64 mingga yaqin aholi qabul qilinib, 34 mingdan ziyodining muammolariga tezkorlik bilan yechim topildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan 29 mingta ariza-shikoyatlar bo‘yicha aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olingan.
Qabullar davomida kelib tushgan murojaatlarning asosiy qismi sud-huquq, ichki ishlar idoralari faoliyati, tadbirkorlik va kredit ajratish, gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti, moddiy yordam va bolalar nafaqasi, sog‘liqni saqlash sohasi, maktab va maktabgacha ta’lim masalalari, bandlikni ta’minlash kabi qator yo‘nalishlar bilan bog‘liq bo‘ldi.
Oliy sud raisi o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida mingdan ziyod fuqaro qabul qilingan.
Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda taqdimnoma va iltimosnomalar asosida jazo o‘tayotgan 61 nafar shaxs jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilingan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan aliment undirish yuzasidan 14 ta sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratilgan. Shuningdek, yuridik faktni tasdiqlash haqidagi 2 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilingan. Ajrashish yoqasiga kelib qolgan bir nafar voyaga yetmagan farzandi bo‘lgan oilalar yarashtirilgan.
Bosh prokuror o‘rinbosarlari tomonidan birgina Toshkent viloyati va Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 200 ga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi.
O‘tgan davr mobaynida kelib tushgan arizalar asosida Majburiy ijro byurosi aholi huquqlari tiklanishi maqsadida undiruvchilarga 5 milliard 190 million so‘m, fuqarolarga qarz va zarar undirish yuzasidan esa 6 milliard 264 million so‘m pul mablag‘i undirib bergan.
Bundan tashqari, kompensatsiya undirish bilan bog‘liq murojaatlar bo‘yicha 4,2 milliard so‘m pul mablag‘lari qoplangan.
Ichki ishlar o‘rinbosarlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 72 nafar fuqaroning shikoyat va arizalari ko‘rib chiqilgan.
Misol uchun, 1998 yil Turkmanistonda tug‘ilgan Asilbek Bozorov avvalgi sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish masalasida murojaat qilgan va bu safar uning masalasi qanoatlantirildi.
Adliya vaziri o‘rinbosarlari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahrida sayyor qabullar o‘tkazilib, 278 nafar fuqaro qabul qilingan. Unda, xususan, yer-joyni ijaraga olish, soliq ma’murchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qo‘shimcha qiymat solig‘ini qayta ko‘rib chiqish singari muammolar e’tibor markazida bo‘lgan.
“Hududgazta’minot” AJ rahbariyati ishtirokidagi sayyor qabullarda esa 100 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Ochiq muloqotlar davomida yer osti gaz quvurlariga e’tibor berish, yangi xonadonlarga zamonaviy hisoblagich o‘rnatish tartibi, qarzdorlik masalasi, tabiiy gaz bosimini yanada yaxshilash borasidagi ko‘plab shikoyatlar o‘rganilgan. Har bir murojaatning amaliy yechimlariga e’tibor qaratilib, ijobiy jihatdan hal etilishiga erishilgan bo‘lsa, ba’zilari yuzasidan belgilangan tartib asosida tushuntirishlar berilgan.
Bundan tashqari, Prezident Xalq qabulxonalari Mahallalar uyushmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda aholi bilan xonadonbay asosida muloqot qilish, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik vakillarini biriktirgan holda muammolarni hal etish, ijtimoiy ko‘maklashish, bandligini ta’minlash, yordamga muhtoj oilalarning iqtisodiy holatini yaxshilash bo‘yicha manzilli ishlar olib borilgan.
Jumladan, birgina Buxoro viloyatida o‘rganishlar davomida 191 nafar fuqaroga ijtimoiy ahvolini yaxshilash uchun 53 million so‘m moddiy yordam, 87 nafar fuqaroga 1,4 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratilgan. 38 nafar fuqaro esa ishga joylashtirilgan. 29 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida yer maydonlari ajratilgan bo‘lsa, 24 nafar fuqaroga davolanishi uchun yo‘llanma berilgan. 19 nafar fuqaroga tikuv mashinalari va 3 nafar fuqaroga davolanishi uchun 15,2 million so‘mlik moddiy yordam ajratilgan.
Sayyor qabullar joylarda davom etmoqda.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |