Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shahar va tuman Xalq qabulxonalariga “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.
Bugungi kunda Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi o‘rtasida ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlashda samarali mexanizmga aylanib, amalda o‘zini to‘la oqladi. Davlatimiz rahbarining 2019 yil 17 yanvarda qabul qilingan “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni esa yangi bosqichni boshlab berdi.
Viloyat hokimligining ko‘magida muntazam ravishda chekka va olis hududlarda ommaviy qabullar o‘tkazish, aholi muammolarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganishlarni tashkil etish maqsadida shahar va tuman Xalq qabulxonalari yangi avtomashinalar bilan ta’minlandi.
Avtomashinalarning topshirilish marosimida Farg‘ona viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Ortiqov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonasi mudiri R.Mahmudovalar aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaldagi tizimi bilan bir qatorda, Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilishni, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy qilinganligini alohida ta’kidlandi.
– Prezidentimiz tomonidan mahalliy davlat boshqaruvi organlari xizmatchilari faoliyatini yanada takomillashtirish, ular uchun qulay va zamonaviy ish sharoitlarini yaratish, xizmat vazifalarini samarali bajarishlariga yaqindan ko‘maklashishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi Xalq qabulxonasi Farg‘ona tuman bo‘limi mudiri A.Hasanov. – Bizga ko‘rsatilayotgan e’tibor faoliyatimizni yanada samarali olib borishga chorlaydi.
Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov(surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |