Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi B.Poʻlatov Denov tumanida sayyor qabul oʻtkazdi.
Tumandagi “Fargʻona“ madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan tadbirga viloyat va tuman hokimligi masʼul xodimlari, viloyat va tuman Xalq qabulxonasi, tumandagi sektorlar va mutasaddi tashkilot, muassasalarning rahbarlari ham ishtirok etdi.
Mamlakatimizda aholi duch kelayotgan muammolarni hal etishning samarali tizimi yaratilgani xalqimizning hayotdan rozi boʻlib, osuda, farovon turmush kechirishida muhim oʻrin tutmoqda.
Joriy yil 1 fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash joriy etilib, davlat organlarining aholi bilan ishlash tizimi yanada soddalashtirilgani bu boradagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtardi.
Sayyor qabulda aholining tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, elektr energiyasidagi uzilishlarni bartaraf etish, gaz va ichimlik suvi taminoti, uy-joy, tibbiy xizmat, moddiy yordam, ichki yoʻllarni taʼmirlash kabi muhim masalalar bilan bogʻliq koʻplab murojaatlari tinglanib, ularning yechimini topish choralari koʻrildi.
– Tumandagi Buyuk ipak yoʻli mahallasidagi uylardan birida ijarada yashayman, – deydi fuqaro F.Niyozova. – Shu uyda norasmiy bola tarbiyasi bilan shugʻullanaman. Hozir 30 dan ortiq bola tarbiyasi bilan mashgʻulman. Ularga rus va ingliz tillaridan ham saboq berayapman. Bu mahalladagi ota-onalar qiziqishini oshirmoqda. Bugungi qabulda viloyat hokimiga uy-bogʻcha ochishda yordam soʻrab, murojaat etgan edim, masala ijobiy hal etiladigan boʻldi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Bundan koʻnglim togʻdek koʻtarildi.
Shu kuni fuqarolardan tushgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi vaqt talab etadigan murojaatlarga muddat belgilanib, masʼullar biriktirildi. Ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul doirasida Davlat xizmatlari agentligi Surxondaryo viloyat boshqarmasining mobil davlat xizmatlari koʻrsatish avtobusi ham fuqarolarning mushkulini oson qilishga koʻmaklashdi. Oʻnga yaqin mijozga raqamli imzo olish, tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish kabi xizmatlar koʻrsatildi. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan inshootlarga mulk huquqini olish boʻyicha zarur maslahatlar berildi.
– Tuman markazidagi Jomiy mahallasida yashayman, – deydi A. Oʻrinboyev. – Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtib, savdo xizmati koʻrsatishni moʻljallab yurgandim. Buning uchun ishni nimadan boshlashni oʻylayotgandim. Tasodifan bu yerga kelib qoldim. Bu masalada kimga murojaat etishni soʻragan edim, toʻgʻri yoʻl koʻrsatishdi. Mana, mobil davlat xizmati koʻrsatadigan avtobusning oʻzida meni yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtkazishib, faoliyatimni boshlash uchun tegishli guvohnoma berishdi. Ishim bir zumda hal etilganidan juda mamnun boʻldim.
Xolmoʻmin Mamatrayimov, Jamshid Qoʻzimurodov (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |