Mamlakatimizda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, odamlarni qiynayotgan turli muammolarni hal etish, odil sudlovga erishish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyati Buloqboshi tuman sudiga oʻtgan yili qilingan murojaatlarning aksariyati qanoatlantirildi yoki murojaat boʻyicha koʻtarilgan masalalar ijobiy yechimini topdi.
– Oʻtgan yili tuman sudiga Prezidentning Xalq qabulxonalari orqali, shuningdek, virtual tarzda va bevosita 80 dan ortiq yozma, ogʻzaki murojaatlar boʻldi, – deydi Jinoyat ishlari boʻyicha Buloqboshi tuman sudi raisi Inomjon Normatov. – Murojaatlar orasida sayyor sud va qabullar doirasida kelib tushganlari ham koʻp. Murojaat qiluvchilarning 46 foizi muqaddam sudlangan va maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslardir.
Murojaatlarning asosiy qismi berilgan jazoni yengillashtirish, fuqarolar huquq va manfaatlarining buzilishi, ishga joylashish, sud hukmidan nusxa olish masalalariga tegishlidir.
– Bir necha oy avval sud qarori bilan menga katta miqdorda jarima toʻlash belgilangan edi, – deydi tumanning Guliston mahallasida yashovchi Donoxon Valixonova. – Jarimani toʻlashga hech qanday imkoniyatim boʻlmagani uchun Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisining sayyor qabulida ushbu summani yengillashtirib berilishini soʻrab, murojaat qildim. Murojaatim yuzasidan ishim qayta koʻrilib, menga nisbatan belgilangan jarima jazosi axloq tuzatish ishlariga almashtirib berildi.
Umuman, murojaatlarning barchasi boʻyicha fuqarolarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berilgan. Shuningdek, murojaat qiluvchilarning koʻpchiligi bilan ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha bevosita suhbatlar oʻtkazilgan.
Faxriddin Ubaydullayev, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |