Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xorazm viloyati shahar va tumanlaridagi Xalq qabulxonalariga “Cobalt” avtomashinalari topshirildi.
Prezidentimizning 2019 yil 17 yanvardagi “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, joriy yil 1 fevraldan Xalq qabulxonalarining muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlash va hal qilish, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi yangi tizim joriy etildi. Mazkur tuzilmaga bir qator qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Xalq qabulxonalarining yangi tizimda samarali faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida ularga xizmat avtomashinalari ajratildi.
Tadbirda Prezidentning Xorazm viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri S.Berdiqilichev Xalq qabulxonalari davlat organlari bilan aholi oʻrtasida ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, dolzarb muammolarni aniqlash, murojaatlar qonuniy va sifatli koʻrib chiqilishini taʼminlashda samarali mexanizmga aylanganini taʼkidladi.
2018 yilda viloyatdagi Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 19 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Ularning 12321 tasi qanoatlantirilgan, jumladan, 3685 tasi ijobiy yechim topgan, 7304 tasi huquqiy maslahat berish orqali hal qilingan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan 2275 qabulda 12751 dan ortiq aholi turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan. Muammolarning 50 foizi ijobiy hal etilgan, 50 foiz murojaat yuzasidan tushuntirish berilgan.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi F.Ermonov soʻzga chiqdi.
Shonazar Qoriyev (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |