Davlat organlariga qilinadigan murojaatlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi - pm.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi faoliyatini yanada takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslar uchun davlat organlariga murojaat qilishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, 2018 yil 1-fevraldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasi axborot tizimining yangi talqini ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulxonasining yangi axborot tizimi jismoniy va yuridik shaxslarga o‘z murojaatlarini Internet tarmog‘idagi pm.gov.uz manzilidagi veb-sayt orqali davlat organlarining rahbarlariga bevosita yuborish imkoniyatini beradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat organlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligi va shaffofligini oshirish, bir-birini takrorlovchi tizimlarni qisqartirish, davlat organlariga kelib tushayotgan barcha murojaatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona tizim doirasida birlashtirishni ta’minlash maqsadida davlat organlarining rasmiy veb-saytlarida yaratilgan virtual qabulxona tizimlarining faoliyatini joriy yilning 25 fevraliga qadar to‘xtatiladi.
Davlat organlariga qilinadigan murojaatlarning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi - pm.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |