Xalq orasiga kirish, aholi bilan yaqindan muloqot oʻrnatish hamda ularning dardini eshitib, ogʻirini yengil qilish rahbarlarimizning bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri.
Uyma-uy yurish, aholi bilan yaqin muloqot qilish asnosida, Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi rahbarligidagi, 4-sektor tarkibiga kiruvchi Shahrisabz tumanida ham qator muammolar, yechimini kutayotgan masalalar borligi aniqlandi.
Ularga yechim topish maqsadida, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Shahrisabz tumani Miraki qishlogʻida sayyor qabul oʻtkazdi.
Unda viloyat, tuman tashkilotlari mutasaddilari, 4-sektor ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida 21 nafar fuqarodan 48 ta turli mazmundagi muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Masalan, Shahrisabz tumani ”Polmon” mahalla fuqarolar yigʻini 49-uyda yashovchi fuqaro Ilhom Samadov hududdagi 32-maktabni kengaytirish, mavjud maktabgacha taʼlim muassasasini taʼmirlash, qishloqdagi transformator, sim yogʻochlarni yangilash masalasida murojaat qildi.
– Mahallamizda iqtidorli bolalar koʻp, ularning sanʼatga mehri boʻlakcha. – deydi Shahrisabz tumani Amur Temur mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Oygul Muhiddinova. – Biz esa ana shu isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishimiz kerak. Agar mahallamizda bitta musiqa maktabi ochilsa, farzandlarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, sanʼatning sirli olamiga oshno qilishga yaqindan yordam bergan boʻlardi.
Maʼlumotlarga koʻra, Shahrisabz tumani 4-sektor hududida 15 ming 947 xonadon, 19 ming 396 ta oila boʻlib, ularda 75 ming 211 nafar aholi istiqomat qiladi. Ishchi guruh aʼzolari tomonidan uyma-uy yurish natijasida 117 ta turli muammo aniqlangan.
– Aholi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilish, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish maqsadida oʻtkazilgan sayyor qabulda koʻplab muammolar yuzaga chiqdi, – deydi Qashqadaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Q.Mamatisayev. – Baʼzida aholi oddiygina muammolar bilan yillar davomida ovora boʻlib yuradi. Biz iloji boricha muammolarni aksariyatini shu joyning oʻzida hal qilishga harakat qildik.
Shuningdek ,tadbir davomida viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi, 4-sektor rahbari aholi xonadonlarida ham boʻlib, tomorqadan samarali foydalanish yuzasidan qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Fuqarolarga tomorqalarga ishlov berish, unga qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ekish dolzarb masalalardan biri ekanligi tushuntirildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |