2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Taxiatoshda 54 oila yangi uyga koʻchib oʻtdi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taxiatosh tumanida kam taʼminlangan 54 oilaga yangi uylar kaliti topshirildi.

Prezidentimizning 2017 yil 12 sentyabrdagi “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan manzilli dasturga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida kam taʼminlangan 112 oilani yangi uy-joy bilan taʼminlash, 560 oilaning uy-joyini taʼmirlash, 192 oilaga tibbiy xizmat koʻrsatish, 3 ming 444 oilani elektr-maishiy texnika vositalari bilan taʼminlash belgilangan. Ushbu maqsadlar uchun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi tomonidan 18 milliard 204 million soʻmdan ortiq mablagʻ Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasida ochilgan maxsus hisob raqamiga tushirilgan. 

 

9.JPG


Manzilli dasturga muvofiq, uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha taqsimlangan mablagʻga binoan, hozir uy-joyga muhtoj boʻlgan 112 oiladan 63 tasi uy-joy bilan taʼminlangan, 18 ta uy-joy yangidan qurilmoqda. 

– Prezidentimizning biz kabi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga qaratayotgan eʼtiboridan nihoyatda xursandmiz, – deydi II guruh nogironi Durdigul Nuriyeva. – 17 yildan buyon qarindoshlarim uyida yashab kelayotgan edim. Mana, bugun oʻz uyimga ega boʻldim. Buning qanday baxt ekanini men kabi boshidan oʻtkazganlargina biladi. 

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar koʻlami kengaymoqda. Manzilli dasturga koʻra, uy-joyini taʼmirlashga muhtoj boʻlgan 560 oiladan 504tasining uy-joyida toʻliq taʼmirlash ishlari tugatilgan, qolganlarida davom ettirilayotir. Ushbu maqsadlarga 5 milliard 240 million soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan. 

 

11.JPG


Tibbiy xizmatga muhtoj 192 nafar fuqaroga tibbiy xizmat koʻrsatish, dori-darmon va tibbiy anjomlar xarid qilish uchun jami 731 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan. Maishiy texnika bilan taʼminlanishi lozim boʻlgan 3 ming 444 oilaning barchasi 3 milliard 125 million soʻmdan ortiq maishiy texnika (gaz plitasi, gaz balloni, ballon reduktori va ulanish shlangalari) vositalari bilan taʼminlangan. 

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 oktyabrdagi “Kam taʼminlangan oilalarni bandlik bilan taʼminlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi doirasida Qoraqalpogʻistonda 487 oilaga 3 milliard 93 million 300 ming soʻm miqdorida imtiyozli kredit berilgan. 

 

22.JPG


Taxiatosh tumani “Orayliq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi Mustaqillik koʻchasida yangidan qurilgan uylarni foydalanishga topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi. 

Tantanali marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Yerniyazov soʻzga chiqdi.

 

Y. Qanoatov, Maqsad Habibullayev (surat), OʻzA

13.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar