Fuqarolarning hayotiy muammo va ehtiyojlarini hal etish, aholi bilan ochiq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kuchaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Ushbu jarayon har bir davlat tashkilotiga qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi, har bir rahbarni xalq dardi bilan yashash, muammolarga yechim izlashga undaydi.
Hududdagi aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash va ularga maqbul yechim topish, shuningdek, hududlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sayyor qabul qilish hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida fuqaro va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirokida viloyatdagi shahar va tumanlarda Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi rahbariyati, 4-sektor tomonidan sayyor qabullar o‘tkazilmoqda. Bu haqda viloyat Davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho‘basi xabar bermoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida o‘tkazilgan sayyor qabullar jarayonida fuqarolardan 85 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 44 tasida ko‘rsatilgan masalalar ko‘rib chiqilib, ijobiy hal etildi.
Ana shunday murojaatlardan biri Qo‘qon shahridagi Qashqadaryo ko‘chasida yashovchi E.Karimovadan kelib tushgan. Ushbu fuqaro onasi L.G‘afforova uchun nogironlik aravachasi so‘rab murojaat qilgan. Mazkur holat viloyat davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga nogironlik aravachasi taqdim etildi.
Bundan tashqari, Dang‘ara tumani “Taypoq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Sh.Erqo‘zieva turmush tarzi og‘irligi sababli 3 nafar egizak farzandlarini boqishda qiynalayotganligi uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Mazkur murojaat ham ko‘rib chiqilib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatilib, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlandi.
Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarning 41 tasida ko‘rsatilgan masalalar qisqa fursatlarda o‘z yechimini topishi uchun tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga yuborildi.
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |