2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Manas qishlog‘i chiqindi va noqonuniy qurilishlardan tozalanmoqda

Jizzax viloyati Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha boshlangan obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

Qishloqdagi noqonuniy qurilgan inshootlar buzilib, chiqindilardan tozalanmoqda. Eng muhimi, bu ishlarda qishloq fuqarolari ham faol ishtirok etayotir. 

Qishloqning markaziy ko‘chasi – Kumushkentda betartib qurilgan turli inshootlar tufayli ko‘chalar va yo‘llarning qayoqdaligini bilib bo‘lmasdi. Uylar atrofidagi eski sim to‘siqlar olib tashlanib, yillar davomida tuproq va chiqindilarga ko‘milib ketgan, yaroqsiz holatdagi beton ariqlar yangisiga almashtirildi. Ko‘chaning ikki tomonida yo‘lovchilar yurishi uchun mo‘ljallangan yo‘laklar barpo etildi. Buning uchun viloyat avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasi va Do‘stlik tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasining 100 dan ortiq texnikasi va ishchilari bir necha kun ishlashiga to‘g‘ri keldi.

Noqonuniy qurilgan inshootlar olib tashlangach, turar joylarning asl qiyofasi ko‘zga tashlanib, ko‘p yillik e’tiborsizlik, didsizlik, dangasalik kabi barcha illatlarning natijasini namoyon etdi. Siniq shiferlardan oqqan suvdan zaxlab, sho‘ri yuzaga chiqib kelgan devorlar, oynasi singan turli hajmdagi romlar, “burjeyka”larning derazalardan chiqarilgan qiyshiq mo‘rilari ko‘p qavatli uylar, kottejlarning oddiy ko‘rinishiga aylanib qolgan edi. 

Ayni paytda 34 ko‘p qavatli uyning tom qismini ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda. Tom yopilgach, devorlar, eshik-romlar ta’mirlandi. Bu ishda xonadon egalari faol ishtirok etdi. Albatta qurilish materiallari tekin. Uylarning ichki va tashqi qismini oqlash ishlariga 20 tonna ohak tarqatildi. 167 xonadonda oqlash, 85 xonadonda qumsuvoq ishlari bajarildi. 

– Pardozlash ishlari bo‘yicha maxsus brigada tuzdik, – deydi Kumushkent ko‘chasidagi uylarni suvoq qilayotgan qizlar yetakchisi Gulnora Ahmedova. – Ishchilarning barchasi qishlog‘imiz qizlari. O‘n besh kishilik jamoamizda bu ishning ustalari anchagina. Tuman bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan bu ishimiz haq to‘lanadigan jamoatchilik ishi sifatida rasmiylashtirilishi bizga juda ma’qul bo‘ldi. 

Ammo uylar oldidagi buzib tashlangan inshootlar, garchi noqonuniy, tartibsiz qurilgan bo‘lsada, zaruriyat, odamlarning kundalik ehtiyojini qondirib kelayotgan edi. Shuning uchun tezlik bilan ularning o‘rniga texnik, xavfsizlik, sanitariya talablariga javob beradigan yangilarini barpo etishga to‘g‘ri keldi. Qisqa muddatda ushbu talablarga javob beradigan 17 hojatxona va 17 tandirxona qurilishi reja asosida boshlandi. 

Turar joylar bilan bir vaqtda hududdagi ko‘cha va yo‘llar ham tartibga keltirilmoqda. Yo‘llar chetiga oqova suvlar uchun 3,6 kilometr lotok o‘rnatilishi rejalashtirilib, hozirgacha bu ishning 1,1 kilometr qismi bajarildi. 1,8 kilometr ko‘cha cheti lotoklar yotqizish uchun tayyorlandi. Ta’mirtalab ko‘chalarga qum-shag‘al to‘kilib, tekislandi. 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 22 ko‘chaning barchasiga to‘liq tosh-shag‘al yotqizildi. Ulardan 10 tasi eni 6 metr kenglikda asfaltlanadi. 

Ta’mirlash ishlari tugatilgan ko‘chalarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari qizg‘in borayotir. Bu ishda mahallalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchiligidagi 50 nafar yoshlardan tashkil topgan “Bunyodkor" yoshlar otryadi qishloqning Alpomish ko‘chasini obodonlashtirish ishlarini amalga oshirmoqda. 

Yoshlarning g‘ayrati bilan 10 xonadonning ko‘cha qismi to‘liq tartibga keltirildi. Daraxtlarga shakl berilib, oqlandi, yangi ko‘chatlar ekildi. 

– Qishlog‘imizdagi o‘zgarishlardan behad xursandmiz, – deydi Farobiy ko‘chasidagi 8-uyda yashovchi 80 yoshli otaxon Ma’mur Mavlonov. – 20 yildan buyon e’tibordan chetda qolib kelayotgan qishlog‘imizga Prezidentimizning nazari tushdi, demak bu ishning oxiri baxayr bo‘ladi. Qishloqda amalga oshirilayotgan obodlik bugun odamlarning ko‘ngliga ko‘chmoqda. Yurt obod – ko‘ngil obod, deb bejiz aytilmagan. Bu ishlar bugungi kundan mamnunlik, ertangi kunga ishonch uyg‘otmoqda. 

Ha, bugun qishloqda olib borilayotgan ishlar barchaning ko‘nglini ko‘tarmoqda. Mazkur sa’y-harakatlarning ko‘lami, qamrovi, su’ati, odamlardagi g‘ayrat-shijoat Manas qishlog‘i yurtimizning eng obod va ko‘rkam maskanlaridan biriga aylanishidan dalolat berib turibdi.

28.02.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar