2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
XALQ BILAN MULOQOT. Sayyor qabulda 600 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonasida Prezident Administratsiyasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Ommaviy sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya, Ichki ishlar vazirligi viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, viloyat sudlari raislari, murojaatchi fuqarolar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Barcha darajadagi rahbarlarning aholi bilan bevosita muloqotga kirishi, ayniqsa, sayyor qabullar orqali murojaatchilar huzuriga borishi ularning adolatga, davlatga, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, ochiq muloqotlarda aholiga munosib ish va turmush sharoiti yaratish borasida bor kuch va imkoniyatlar ishga solinayotir.

Bunday sa’y-harakatlar ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yuksaltirib, dunyoqarashini tubdan o‘zgartirish, yaratuvchanlik va tashabbuskorligini oshirishga zamin yaratayotir.

Toshkent viloyatida ham murojaatlar bilan ishlash tizimi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyatdagi Xalq qabulxonalari, turli vazirlik va idora rahbarlari tomonidan o‘tkazilayotgan sayyor qabullar alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 2 oyida 5 ming 600 jismoniy va yuridik shaxs viloyat, tuman va shahardagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalariga murojaat qilgan. Murojaatlarning 3 ming 500 dan ortig‘i, ya’ni 63 foizi qanoatlantirilgan.

Shu davrda viloyat hududida 530 dan ortiq sayyor qabul o‘tkazilib, 4 ming 500 dan ortiq murojaat qabul qilingan. Ularning qariyb 2 mingtasi qanoatlantirilgan.

Sayyor qabulda aholi murojaati mazmunidan kelib chiqib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Muxammadiev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Kozimjon Komilov, Bosh prokuror Otabek Murodov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov, Toshkent viloyati hokimi G‘ulomjon Ibragimov, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari qabul qildi.

– Turmush o‘rtog‘im Mirzo Ulug‘bek tumanida non mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanar edi, – deydi Mukarram Nuralieva. – 2007 yilda bevaqt qazo qildi. Shundan so‘ng davlat notariusi tomonidan turmush o‘rtog‘im boshqaruvida bo‘lgan "Don-non" mas’uliyati cheklangan jamiyati ustav fondining 87 foizdan ortiq qismi oilaning merosxo‘rlari sifatida qizim ikkalamizga ajratilishi belgilandi. Lekin, turmush o‘rtog‘im o‘rnini egallagan sobiq o‘rinbosari oilamizga tegishli bo‘lgan mazkur ulushni o‘z foydasiga o‘zlashtirib oldi. 10 yillik chopa-choplardan so‘ng, nihoyat adolat qaror topdi. Unga nisbatan o‘tgan yili Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi ochildi. Bosh prokurorga mana shu masala yuzasidan murojaat qilib, qo‘zg‘atilgan mazkur jinoyat ishini o‘z nazoratiga olishini va adolatni to‘liq qaror toptirishda amaliy yordam berishini so‘radim.

Sayyor qabulda har bir murojaatchining arzi-holi tinglanib, ularning e’tiroziga sabab bo‘lgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda bartaraf etish choralari ko‘rildi. Aksariyat murojaatlarda keltirilgan qonun buzilishi holatlari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar joyida hal etildi.

– 2000 yildan buyon oilam bilan Haqiqat ko‘chasi 86-uyda yashayman, – deydi chirchiqlik Baxtiyor Hasanov. – O‘sha yili shu uyni sotib olib, hujjatlarini rasmiylashtirishni boshladik. Ko‘chamizning buzilishi mumkinligi vaaji bilan bu jarayon paysalga solindi. Oqibatda uyning elektr, gaz, suv va bir qator hujjatlari mening nomimga o‘tgani holda, uyga egalik huquqi berilmadi. Hozir uyimiz egasiz. Chunki, sobiq egasi uni menga sotgan va unda uyga egalik huquqi yo‘q. Qizig‘i, 19 yildirki, o‘z uyimga bunday huquq o‘zimda ham yo‘q. Shu masala bo‘yicha murojaat qilib, amaliy yordam so‘rab keldim.

Aholi bilan ochiq muloqot mobaynida aholining 600 dan ortiq murojaati tinglanib, ma’lum qismi joyida bartaraf etildi. Ma’lum muddat, ya’ni atroflicha o‘rganish yoki vaqt taqozo etiladigan murojaatlar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.

A.Xudoyqulov, O‘zA    

25.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar