2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoroning Peshku tumanida viloyat sektor rahbarlari sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida viloyat sektor rahbarlari tomonidan mutasaddi tashkilotlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

1978-yilda qurib, foydalanishga topshirilgan Peshku tumanidagi 186 o‘rinli 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 2015-yilda qayta rekonstruksiya qilinib, bunda o‘quvchilar soni oshgan bo‘lsa-da, haligacha sport zali yo‘q, oshxona masalasi muammo. Sayyor qabul davomida Qumqo‘rg‘on qorovul qishlog‘i fuqarosi Jo‘ramurod Xudoyqulov Buxoro viloyati hokimiga shu masala bo‘yicha murojaat qildi. Maktabda sport zal va oshxona tashkil etish bo‘yicha shu kunning o‘zidayoq chora-tadbirlar belgilandi.

— Ayni paytda umumiy o‘rta ta’lim maktabimizda 216 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Sportga qiziquvchi yoshlar juda ko‘p. Ammo sport zalining yo‘qligi bois, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini sovuq kunlarda maktabning ochiq sport maydonida o‘tkazish qiyinchilik tug‘dirib kelgan. Sayyor qabul tufayli bu og‘riqli masala joriy yilning o‘zida hal etiladigan bo‘ldi, — dedi tumandagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Erkin Tursunov.

Hududida 1 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta’lim muassasasi hamda boshqa qator korxona, tashkilot hamda maishiy xizmat shoxobchalari mavjud tumandagi “Bobohoji” mahalla fuqarolar yig‘ini, Bog‘imirishkor qishlog‘ida 5 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. O‘tkazilgan sayyor qabul davomida fuqaro Amin Fayzullayevning murojaat etishicha, mahalla aholisi hududni bog‘lab turuvchi 4 kilometr masofali yo‘lga o‘z hisobidan shag‘al yotqizgan.

— Biz mahalla aholisi bir tanu bir jonmiz. Faqatgina mana shu shag‘al to‘ldirilgan qatnov yo‘llarda asfalt yotqizilib, aholimizni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ushbu masala bartaraf etilsa, — dedi Amin Fayzullayev o‘z murojaatida.

Sayyor qabul davomida aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, toza ichimlik suvi masalasi, qishloq joylarida maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, bandlik, kommunal, moddiy yordam, uy-joy masalalari bilan bog‘liq ko‘plab murojaatlar o‘z yechimini topgan. Barcha masalalar birma-bir tinglanib, ularning yechimi yuzasidan mas’ullar biriktirilgan.

Peshku tuman hokimi o‘rinbosari Azamat Rajabovning aytishicha, sayyor qabul jarayonida qayd etilgan murojaatlarning 91 tasi o‘z joyida hal qilingan. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan muammolar ham qisqa fursatda o‘z yechimini topishi ta’kidlangan.

Keyingi sayyor qabullar 4-aprel kuni Qorako‘lda, 11-aprel kuni esa kuni esa Romitan tumanida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

27.03.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar