Sharof Rashidov tumanida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor rahbari general-mayor G‘ayrat Qodirov tumanning bir qator mahallalari fuqarolari bilan uchrashdi.
Yoshlik, Selariq, Xayrobod, Toshkent, Bobur, Qorayantoq, Tuyoqli mahallalari aholisi bilan uchrashuvda Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzaev rahbarligida hududdagi tashkilot, korxona va muassasalar mas’ullari hamda bir qator viloyat korxonalari vakillari qatnashdilar.
Jizzax IIB axborot multimedia guruhi xabariga ko‘ra, 3-sektorda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish borasidagi tadbirlar haqida ma’lumot berildi. Shundan so‘ng fuqarolar mavjud kamchiliklar, ularni o‘ylantirayotgan masalalar yuzasidan murojaat etishdi.
Muloqot davomida gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘llar nosozligi hudud aholisini qiynayotgan asosiy masalalar ekanligi ayon bo‘ldi. Shu ma’noda, kommunal idoralar mas’ullariga mavjud muammolarni o‘rganish, kam xarajatlilarini ichki imkoniyatlarni ishga solgan holda, yiriklarini ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar va yo‘l xaritalarga kiritish orqali hal etish belgilab olindi.
Shuningdek, uy ta’miri, salomatlikni tiklash, turar joy va er uchastkalari olish, merosga egalik qilish, xorijdan keltirilgan avtoulovni rasmiylashtirish, mahallalardan chiqindilarni olib chiqish tizimini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik uchun kredit va er maydoni olish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, nogironligi bo‘lgan insonga qaraganlik uchun nafaqa tayinlash bo‘yicha ko‘mak so‘raldi.
Hududdagi Madaniyat saroyini rekonstruktsiya qilish, qabristonni panjara-devor bilan o‘rash, ariq-zovurlarni chiqindilardan tozalash, ko‘prik qurish, jamoat transporti qatnovini yo‘lga qo‘yish, fuqarolar yig‘iniga bino ajratish kabi masalalar yig‘ilganlar e’tiborida bo‘ldi. Ko‘tarilgan har bir masala yuzasidan mas’ullar biriktirilib, hal qilish muddatlari belgilandi.
Tadbir davomida ayrim muammolar echimi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, hasharlar uyushtirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bunday muloqotlar viloyatning barcha hududlarida o‘tkazilmoqda.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |