Farg‘onada aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida viloyat sektorlari rahbarlari hududlarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda.
Mamlakatimizda xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bo‘yicha yangi tizim yaratilganligi bugun o‘zining amaliy samaralarini bermoqda. Birgina o‘tgan yilda viloyatdagi 738 ming 239 xonadonlar sektorlar tomonidan to‘liq o‘rganib chiqildi. Uyma-uy yurish orqali o‘rganish natijasida 343 ming 404 ta muammolar aniqlangan bo‘lib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tuman, viloyat va respublika darajasida “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilgan.
Viloyat hokimi rahbarligida 505 marotaba joylarda sayyor qabullar o‘tkazilib, 17 ming 262 ta fuqarolar qabul qilingan. O‘tgan yilda sektorlar tomonidan 11 ming 775 ta oilalarga 17,9 milliard so‘m miqdorida moddiy yordam ko‘rsatildi. Bu borada ehtiyojmand oilalarga 101,3 milliard so‘m ijtimoiy nafaqalar to‘landi va 11 mingdan ziyod uy-joylari ta’mirlab berildi. Ayni kunlarda ham sektor rahbarlari tomonidan bu boradagi ishlar tizimli davom etmoqda. Uyma-uy yurilib, turli muammolar o‘rganilib, ularni hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Farg‘ona tumanida tashkil etilgan viloyat sektorlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabulida ham ko‘plab muammolarga echim topildi. Unda viloyat tashkilot va boshqarmalari rahbarlari, Xalq qabulxonasi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, sektorlar va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
96a65ebf-3162-4a19-b6ab-4fe7e676269d.jpg
Qabulda 310 nafar fuqaro qatnashgan bo‘lib, ulardan bevosita viloyat sektorlari rahbarlariga 130 ta murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning aksariyati moddiy yordam, kredit olish, ishga joylashtirish, uy-joy, ichki yo‘llarni ta’mirlash kabi qator masalalar tashkil qildi. Shundan 27 tasi joyida ijobiy hal etildi, 18 tasiga asosli tushuntirishlar berildi, 85 tasi bo‘yicha boshqarma va tashkilot rahbarlariga vazifalar topshirilib, ularning hal etilishi nazoratga olindi.
Viloyat hokimi Shuhrat G‘aniev sayyor qabulda aholining ko‘plab murojaatlarini tinglab, aksariyatini joyida amaliy hal etdi.
Farg‘ona tumani Yordon qishlog‘idagi “Farovon” ko‘chasida istiqomat qiluvchi, boquvchisi yo‘q E’zozxon Mahkamova uyini ta’mirlash masalasi bilan viloyat hokimiga yuzlandi. Masala o‘rnida hal etilib, uyni ta’mirlash ishlari viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi tomonidan amalga oshiriladigan bo‘ldi. Quvasoy shahrida istiqomat qiluvchi Qosimjon Shokirov turmush o‘rtog‘i bilan birga sharoiti yaxshi bo‘lmagan yotoqxonada istiqomat qilib kelayotgan edi. Uning muammosi ham tinglanib, joyida hal etildi. Quvasoy shahridan unga bir xonali uy taqdim etildi.
Ommaviy sayyor qabul davomida mehnat va hunarmandlik yarmarkalari, sport musobaqalari tashkil etildi. Kitoblar ko‘rgazmasi va sotuvi yo‘lga qo‘yildi. Viloyat davlat xizmatlari agentligi hamda adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar berildi.
M.Sulaymonov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |