Mahalliy davlat boshqaruvi idoralari, sektorlar rahbarlari tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabullar aholi bilan yuzma-yuz muloqot asosida odamlarni qiynayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati toʻrtinchi sektor rahbari, viloyat davlat soliq boshqarmasi boshligʻi A.Tillavoldiyev oʻziga biriktirilgan Uychi va Chortoq tumanlarida navbatdagi sayyor qabul oʻtkazdi.
Uychi tumanidagi shunday tadbirda aholining shaxsiy va umumiy muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etishga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, tadbirkor A.Abduvohidovning faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan qilgan murojaati oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatildi. Shuningdek, Bogʻ mahallasida yashovchi Z.Fayzullayevaning ikki sotixlik hovlida ikki oʻgʻli va kelinlari bilan yashayotgani, uning uy-joyga muhtojligi boʻyicha murojaatiga asosan unga kam taʼminlangan oilalar uchun qurilayotgan uylardan ajratish toʻgʻrisida ariza berish tavsiya etildi.
Viloyat davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot shuʼbasidan maʼlum qilishlaricha, Uychi tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda 100 nafarga yaqin fuqaroning uy-joy, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish, bank kreditiga oid 20 dan ortiq turdagi murojaati koʻrib chiqildi. Uchrashuv davomida murojaatlarning 2 tasi oʻz joyida hal etildi, qolganlari oʻrganish uchun tegishli idora, tashkilot va mahalliy hokimliklarga taqdim etildi.
Akromjon Sattorov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |