Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, Buxoro viloyati Vobkent tumanida Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov hamda viloyat tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Vobkent, G‘ijduvon, Shofirkon, Romitan, Peshku hamda Buxoro tumanlari fuqarolari qatnashgan mazkur tadbirda 57 nafar fuqaroning murojaati atroflicha o‘rganib chiqildi va ijobiy hal etildi.
Qayd etish joizki, murojaatlarning asosiy qismi tug‘ma yurak nuqsoni, tayanch-harakat a’zolari, asab tizimi, buyrak va nafas yo‘llari xastaliklari yuzasidan bo‘lib, ularning aksariyati imtiyozli asosda tegishliligi bo‘yicha viloyat tibbiyot muassasalari va respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida davolanishi belgilandi.
Jumladan, kardiologik jarrohlik operatsiyasi orqali davolanishda amaliy yordam so‘ragan vobkentlik Maftuna Ergashevaga Respublika ixtisoslashtirish xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolash va operatsiya qilish uchun imtiyozli asosda yo‘llanma beriladigan bo‘ldi. Nogironlik aravachasiga ehtiyoji bor yana bir vobkentlik fuqaro Jalil Jo‘raevga shu erning o‘zida nogironlik aravachasi taqdim etildi.
Shofirkon tumanidan O‘g‘iloy Kamolova esa bosh miya xastaligi bilan og‘rigan nabirasi Mirzohid Xayrullaevning davolanishi uchun amaliy yordam so‘radi. Ushbu murojaat yuzasidan viloyat tibbiyot muassasalaridan pediatr, psixiatr, nevropatolog, ortoped kabi etakchi tor mutaxassislarni tumanga yuborib, bemorni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, tajribali mutaxassislar ishtirokida konsilium qilgan holda viloyat yoki respublika tibbiyot muassasalarida davolash choralarini ko‘rish belgilandi.
Sayyor qabulda romitanlik Dilmurod Saidovning muammosi ham echim topdi. U ikki tomonlama koksartroz operatsiyadan keyingi holat tashxisi bilan davolanish va operatsiya uchun amaliy yordam so‘ragan edi. Uni endoprotez bilan ta’minlash masalasi shu kunning o‘zida hal qilinib, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida imtiyozli ravishda operatsiya qilish va davolash rejalashtirildi.
Hozirgi kunda joylarda aholi bilan bevosita muloqot qilish, mavjud muammolarni joyida hal etish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu ma’noda, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan muntazam tashkil etilayotgan sayyor qabullar tibbiyot xodimlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Shundan kelib chiqib, xalq bilan yanada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning hayotiy ehtiyoj va talablarini yaqindan bilish, xususan, yurtimizda ko‘rsatilayotgan kafolatlangan hamda boshqa tibbiy xizmat turlari bo‘yicha hal etilmagan muammo yoki takliflarni atroflicha o‘rganib, ularga o‘z vaqtida echim topish muhim ahamiyat kasb etadi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar sog‘liq atalmish ulkan boylikni asrab-avaylashda o‘z yordamini ayamayotgan shifokorlarga minnatdorlik bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgan bo‘lib, fuqarolar vazirlikning rasmiy veb-sayti – www.ssv.uz, shuningdek, ushbu internet manzilida ko‘rsatilgan elektron pochta yoxud telefon orqali mazkur virtual qabulxonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat yuborishi mumkin. Har bir murojaat shaxsan Sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan ko‘rib chiqilib, nazoratga olinadi hamda qonun doirasida hal etiladi.
O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |