Qorako‘l tumani “Vahm” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi qishloq vrachlik punkti bundan salkam 50 yil ilgari qurilgan va moslashtirilgan binoda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Binoning holati nochor. Bu, o‘z navbatida, tibbiyot xodimlari va tashrif buyuruvchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda.
Mahalla ahli ushbu muammo yuzasidan turli darajadagi idora va tashkilotlarga murojaat qilgan. Ammo birortasidan qoniqarli javob bo‘lmagan.
Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoev tomonidan Qorako‘l tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqaro Matlab Ochilov mazkur muammoni hal etishda yordam so‘rab murojaat qildi. Fuqaroning murojaati inobatga olindi. Qishloq vrachlik punkti binosi mahalliy byudjet mablag‘lari hisobiga rekonstruktsiya qilinadigan bo‘ldi. Shuningdek, hududdagi ekin erlarini suv bilan ta’minlaydigan Vahm arig‘ini ta’mirlash bo‘yicha mas’ul idoralarga topshiriq berildi.
Sayyor qabulda ko‘tarilgan masalalarning aksariyati joyida hal bo‘ldi.
“Chandirobod” mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi nomidan murojaat qilgan fuqaro Nuryog‘di Jumaev ham qabuldan mamnun qaytdi. U yashayotgan hududdagi qishloq vrachlik punkti filiali faoliyatini yanada yaxshilash, ijtimoiy dorixona tashkil etish bo‘yicha choralar belgilandi.
Gulnoza Tangrieva – birinchi guruh nogironi. Uning uy-joy sharoiti yaxshilanishga muhtoj. Muammoni hal etishga esa qurbi etmaydi. Viloyat hokimi qabuliga umid bilan kelgan uning onasi Malika opaning ko‘ngli yorishdi.
– Juda xursandman, – deydi onaxon. – Qizimga shu yilning o‘zida Qorako‘l shahrida quriladigan ko‘pqavatli arzon uy-joylardan kvartira ajratiladigan bo‘ldi. Uyning boshlang‘ich to‘lovi to‘lab berilar ekan. Bu biz uchun katta madad. Buning ustiga yaqinda qizimga hokimlik tomonidan zamonaviy tikuv mashinasi berildi.
Tadbir davomida viloyatning turli idora va tashkilotlari rahbarlari ham fuqarolarni qabul qildi. Ularga qonunchilikka asosan amaliy yordam ko‘rsatildi. Umuman, sayyor qabulda elektr energiyasi, ichki yo‘llarni ta’mirlash, bandlik, fermer xo‘jaligi faoliyatini kengaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, suv ta’minotini yaxshilash hamda boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan 200 nafarga yaqin fuqarolar murojaatlari tinglandi. Ular tomonidan ko‘tarilgan va echimi muayyan vaqt talab qiladigan qator masalalarni o‘rganish bo‘yicha tegishli boshqarma va idoralarga topshiriqlar berildi. Har bir murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Tadbir doirasida bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan 14 fuqaroga nogironlik aravachasi topshirildi. Qabul doirasida tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ham o‘tkazildi.
E.Yodgorov, T.Istatov (surat) O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |