Farg‘ona viloyatida joriy yilda “Obod qishloq” dasturi asosida 31 ta qishloqda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi 77 mingdan ziyod aholining turmush farovonligini yanada yaxshilashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilangan.
Xususan, 73 kilometr piyodalar yo‘lagi va 46 kilometrlik irrigatsiya tarmog‘ini ta’mirlash, 63 ming kvadrat metr daraxtzor va gulzorlar tashkil etish, 45 ta quduq qazish, 90 ta chiqindi yig‘ish maskani qurish ishlari shular jumlasidandir. Dasturga kiritilgan qishloqlarda 3 ming 875 ta tungi yoritish ustuni o‘rnatish va ularga 275 kilometr elektr tarmog‘i tortish, 45 ta bekat qurish va 25 dona yangi avtobus xarid qilish rejalashtirilgan. Cuv ta’minotini yaxshilash maqsadida 99 kilometr yangi tarmoqlar tortilib, 3 ta yangi suv inshooti barpo etiladi, 12 tasi rekonstruksiya qilinadi. 31 ta suv nasosi va 19 ta suv minorasi o‘rnatiladi, 16 tasi ta’mirlanadi.
Elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash uchun 3 ming 196 dona tayanch ustun o‘rnatilib, 94 kilometrlik elektr tarmog‘i ta’mirlanadi, 37 ta transformator yangisiga almashtiriladi. 64 kilometrlik gaz tarmog‘i joriy ta’mirlanadi, aholiga 1 ming 220 ta suyultirilgan gaz balloni yetkazib beriladi. Shuningdek, ijtimoiy soha ob’ektlari, aholi xonadonlari va ko‘p qavatli uylarda ham manzilli ro‘yxat va loyiha-smeta hujjatlari asosida keng qamrovli sa’y-harakatlar olib boriladi.
– 2019 yilda “Yangiobod”, “Ishtirxon” va “Takalik” mahalla fuqarolar yig‘inlari “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan bo‘lib, bunyodkorlik-obodonlashtirish ishlariga 18 milliard 860 million so‘m mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan, – deydi Yozyovon tumani hokimi Yo‘lchiboy Boyyigitov. – Buning natijasida 2 ming 245 ta xonadonda yashovchi qariyb 10 ming aholining yashash sharoiti yaxshilanadi. Dastur doirasida 29 kilometr yo‘llarni ta’mirlashga kirishildi. Ayni jarayonda 6 kilometrlik piyodalar yo‘lagi, 4 ta irrigatsiya tarmog‘ini ta’mirlash, 3 ta sug‘orish qudug‘i qazish, 6 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi barpo etish hamda 5 ming kvadrat metr daraxtzor va gulzorlar yaratish jadal davom ettirilmoqda.
“Takalik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Shohista Jo‘raevaning aytishicha, tuman markazidan 15 kilometr uzoqda joylashgan va 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qilayotgan hudud qiyofasi kundan-kun chiroy ochmoqda. Dastur asosida mahalla binosi bunyod etildi, ko‘cha bo‘ylariga manzarali daraxtlar, gullar ekildi, tungi chiroqlar o‘rnatilib, eski tayanch ustunlar yangisiga almashtirildi. Xonadonlarning tashqi fasadi zamonaviy mezonlar asosida o‘zgartirildi. Yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan 80 ta yangi uyning 15 tasi nogironligi bor shaxslarga ajratildi.
Mahalla fuqarolar yig‘inidagi maktabgacha ta’lim muassacasi ham 2 milliard so‘mlikdan ortiq mablag‘ evaziga mukammal ta’mirdan chiqarilmoqda. Bolajonlar zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur sharoit yaratilmoqda.
Yozyovon tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi jamoasi tomonidan “Obod qishloq” dasturi asosida shu kungacha Yangiobod mahallasida 250 metr, Ishtirxon mahallasida 400 metr va Takalik mahallasida 720 metr yo‘lga shag‘al to‘shash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, tuman hokimligi tomonidan dasturga qo‘shimcha ravishda kiritilgan “Yangibo‘ston”, “Suvliariq” va “Gaston” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ichki yo‘llarga shag‘al to‘shash va asfalt yotqizish ishlari rejalashtirilgan.
Ayni paytda mazkur hududlardagi maktab, maktabgacha ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida joriy va mukammal ta’mirlash, jihozlash ishlari aniq reja asosida davom ettirilayotir.
Ma’sudjon Sulaymonov, Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |