2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bo‘kaga 18 mingdan ortiq badiiy asar ortilgan kitoblar karvoni keldi

Toshkent viloyati Bo‘ka tumani yoshlariga 18 mingdan ziyod kitob sovg‘a qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 5 ming nusxadagi o‘zbek hamda jahon adabiyotining sara namunalarini Bo‘ka maktablari va mahallalari uchun tuhfa qildi. Buning ramziy ifodasi sifatida Agentlik direktori tuman hokimiga maxsus sertifikat topshirdi.

Qolgan 13 ming adaddagi kitob O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yozuvchilar ushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda boshqa hamkor davlat tashkilotlari tomonidan taqdim etildi.

Madaniyat va aholi dam olish markazida tashkil etilgan tantanali tadbirda, shuningdek, tuman yoshlariga zamonaviy sport anjomlari, boshqa zarur jihozlar sovg‘a qilindi.

Mazkur xayriya tadbirlari Prezidentning yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda. Eslatib o‘tamiz, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida mavjud kutubxonalarni inventarizatsiyadan o‘tkazgan holda kitob fondini yaxshilash, kitob do‘konlari, “book cafe”lar faoliyatini joriy qilish, kompyuter savodxonligi va internet markazlari, sport to‘garaklari tashkil etish, ishsiz ayollarni tikuv va to‘qimachilik tsexlariga jalb qilish kabi kompleks loyihalar Bo‘ka tumanida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilmoqda.

11.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar