2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Xorazm viloyati hokimi Bog‘ot tumanida shaxsiy sayyor qabulini o‘tkazdi

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida Bog‘ot tumani Qorayontoq qishlog‘ida shaxsiy sayyor qabulini o‘tkazdi.

10-sonli umumta'lim o‘rta maktabi sportzalida tashkil qilingan tadbirda Xorazm viloyati bosh prokurori o‘rinbosari G‘ayrat Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Oybek Xolboyev, sektor rahbarlari, viloyat va tumanning mutasaddi tashkilotlari va davlat idoralari rahbarlari, xodimlari, mahalla faollari, tumanlardan kelgan murojaatchilar ishtirok etishdi.

 

Murojaatlar orasida uy-joy qurish uchun yer ajratish masalasi asosiy o‘rinni egalladi. Farhod Ermanov bu muammoning hozirgi kunda dolzarb ekanini qayd qilgan holda, mutasaddi tashkilotlarga qishloq xo‘jaligida band bo‘lmagan, shuningdek, bonitet balli past bo‘lgan yerlarni aniqlab olish va ularni tezlik bilan auksionga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berdi.

Ish bilan ta'minlanish masalasida murojaat qilgan aholining muammosini yechish Bog‘ot tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbariga yuklatildi. Viloyat hokimi ishga muhtoj bo‘lgan murojaatchilarning barchasini ishga joylashtirish va ularni ishga qabul qilingani haqidagi buyruqlarni shaxsan o‘ziga taqdim qilishni topshirdi.

 

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar asosan yer va kredit ajratish masalasida murojaat qilishdi. Shuningdek, aholi mahalladagi yo‘llarni tuzatish, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi ta'minoti, qo‘shimcha tomorqa masalasi, ariqlar va zahkashlarni qazdirish - tozalab berish, noqonuniy qurilishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazib olish bo‘yicha bir martalik aksiya masalasi bo‘yicha o‘z muammolarini bayon qildi.

 

Kam ta'minlangan oilalar moddiy yordam ajratish, nogironlikka chiqish masalalari, nogironlik guruhini belgilash, og‘ir kasallarning davolanishi uchun moddiy yordam, pensiya ta'minoti, uy-joyini ta'mirlashga yordam berish bo‘yicha murojaat qilishdi.

 

Bundan tashqari, maktab, madaniyat uyi, maktabgacha ta'lim muassasasi, kutubxonani barpo qilish, elektr ta'minoti liniyalari ustunlarini o‘rnatish kabi ijtimoiy muammolar, mahalla fuqarolar yig‘ini saylovi bilan bog‘liq muammolar, sud qarorlari yuzasidan norozilik bildirib murojaat qilganlar bo‘ldi.

 

Farhod Ermanov bu murojaatlar yuzasidan har bir soha rahbariga barchasini o‘rganib chiqqan holda, qonuniy va ijobiy hal qilinishini ta'minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

 

13.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar