2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ikki xalq doʻstligi: Mahalladagi qoʻshni tovoqdan, yirik iqtisodiy hamkorlikkacha

Mahallamiz tumandagi eng namunali hududlardan biri sanaladi. Oʻtgan yillarda bir necha marta “Eng namunali mahalla”, “Eng osoyishta mahalla” koʻrik-tanlovlarida gʻolib va sovrindor boʻlganmiz.

Ayniqsa keyingi yillarda davlatimiz tomonidan mahallalarni obodonlashtirishga, aholining turmush farovonligini oshirishga berilayotgan katta eʼtibor tufayli hududimizda qator qulayliklar yaratildi. Mahalla guzari obodonlashtirib, aholiga madaniy, maishiy, savdo xizmat koʻrsatish yaxshilandi. Ayni paytda hududda savdo doʻkonlari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi.

 

Tumanimizning boshqa hududlari kabi mahallamizning ham muhim xususiyatlaridan biri baynalminalligidir. Toʻrt mingdan ziyod aholi yashayotgan mahallamiz milliy tarkibida qozoqlar salmogʻi oʻzbeklardan keyin ikkinchi oʻrinda turadi.

 

Qozoqlar va oʻzbeklar “uyingni toshlar bilan emas, doʻstlaring bilan himoya qil” degan maqolga amal qilgan qiladigan xalq. Bu dono hikmatga amal qilgan ikki xalq qadimdan yonma-yon hamjihatlik va totuvlikda yashab kelayotir.

 

17.jpg

 

Mening oilam ham shu baynalminal hududda oʻsib-unib kelayotgan oilalardan biri. Turmush oʻrtogʻim oʻzbek. Olti nafar farzandni voyaga yetkazdik. Ulardan uch nafari oliy maʼlumotli. Barchasi turli sohalarda elimizga xizmat qilayotir.

 

Mamlakatimizda yashovchi barcha millat vakillarining erkin taʼlim olishlari uchun yaratilgan imkoniyat tufayli mahallamizdagi 2-umumtaʼlim maktabida taʼlim ikki tilda – qozoq tili va oʻzbek sinflari yoʻlga qoʻyilgan. Tumanimiz markazida Qozoq milliy drama teatri faoliyat koʻrsatayotir. Oʻtgan yili “Obod qishloq” dasturi doirasida kapital taʼmirlanib, toʻliq qayta jihozlandi.

 

Ayniqsa tumanimizda tashkil etilgan Oʻzbek-Qozoq milliy madaniy markazi faollari uchun teatr binosidan alohida xonalar ajratilgani ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlardan biri boʻldi. Markaz qoshida folklor, milliy va estrada, vokal raqs va cholgʻu asboblari toʻgaraklari faoliyat yuritmoqda. Turli madaniy tadbirlar oʻtkazib kelinayotir.

 

Shu yil fevral oyida Oʻzbekiston akademik milliy teatri jamoasi teatrimizga kelib qozoq dramaturgi Muxtor Avazov asari asosida sahnalashtirilgan “Abay” spektaklini namoyish etdi. Buyuk maʼrifatparvar shoir va mutafakkir, ezgulik va doʻstlik kuychisi Abay sahnada yaratilgan siymosi orqali ikki xalqni qardoshlik rishtalarini mustahkamlashga daʼvat etdi.

 

Oʻzbek va qozoq xalqining birlik va doʻstligi juda qadim va qudratli. Uning qudratini biz mahallamizdagi ikki hovli oʻrtasida borib-kelib turgan qoʻshni tovoqdan tortib Oʻzbekiston va Qozogʻiston respublikalari oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikkacha boʻlgan juda ulkan miqyosdagi ezgu ishlar misolida ham koʻrib turibmiz. Bu hamkorlik yana ham mustahkamlanaveradi.

 

Nobot Bekmirzayeva,

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanidagi

“Yerjar” mahalla fuqarolar yigʻini raisi.

 

OʻzA

14.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar