2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Bosh prokuror o‘rinbosari Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni joyida bartaraf etish maqsadida 17-18 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati Samarqand viloyatida hududiy sayyor qabullar o‘tkazdi.

Respublika Bosh prokurori o‘rinbosari Akmalxo‘ja Mavlonov boshchiligida Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlarida o‘tkazilgan qabullarda viloyatning barcha tuman va shaharlaridan 370 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, ularning 300 ga yaqin murojaati qabul qilindi. 

Kelib tushgan murojaatlarning 63 tasi qabul chog‘ida hal etildi. Xususan, 30 nafar ishsiz fuqaro ishga yo‘llanma oldi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarga 23 ta nogironlik aravachasi, 4 ta eshitish moslamasi berildi. 3 nafar fuqaroning uy-joy masalasiga oid arizasi qanoatlantirildi. Yana uch tadbirkorning kredit olish bilan bog‘liq va boshqa muammolariga shu erning o‘zida echim topildi.

– Mahallamizda davlat-xususiy sherikchilik asosida 130 o‘rinli maktabgacha ta’lim muassasasi qurishda yordam so‘rab, bir nechta tashkilotlarga murojaat qildim, – deydi Urgut tumani Navro‘z mahallasida yashovchi Fazilat Aliqulova. – Bino uchun tomorqamizdan 28 sotix er ham ajratdim, ammo kredit olishda 2017-yildan buyon qiynalib kelardim. Bosh prokuror o‘rinbosarining qabuliga kelganimdan so‘ng “Mikrokreditbank” viloyat filiali bolalar bog‘chasi qurish uchun 1 milliard 200 million so‘m imtiyozli kredit ajratadigan bo‘ldi. 

Sayyor qabullar davomida qayd etilgan murojaatlarning asosiy qismi ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, sud qarorlari, surishtiruv va tergov faoliyatiga oid bo‘lib, barchasi nazoratga olindi va ularni hal etish bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi.

G‘.Hasanov, O‘zA

20.04.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar