Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻngʻirot, Amudaryo va Ellikqalʼa tumanlarida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi oʻrinbosari Baxtiyor Isakov hamda Oliy sudi sudyalari tomonidan ommaviy sayyor qabullari oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sayyor qabulda aholining jinoiy, fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy sudlarga oid murojaatlari tinglandi.
– Qoʻngʻirot tumanida oʻtkazilgan sayyor qabul davomida 56 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, uy-joy, mol-mulk, ommaviy huquqiy munosabatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklar bilan bogʻliq masalalar yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlashildi, deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi raisi G.Bazarbayeva. – Qabul qilingan fuqarolarning 12 nafaridan nazorat tartibidagi arizalar qabul qilindi. 44 nafar fuqaroga shikoyat qilish tartibi va muddatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, sayyor qabul jarayonida ushbu hududda jazosini oʻtayotgan mahkumlarga nisbatan JK 74-moddasiga asosan jazosini yengilrogʻi bilan almashtirish boʻyicha iltimosnomalari koʻrib chiqilib, iltimosnomalar qanoatlantirilib, 19 nafar shaxs ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash joylaridan qamoqdan ozod qilinib, oilasi bagʻriga qaytarildi.
Shuningdek, sudga oid boʻlmagan ishlar bilan murojaat qilgan fuqarolar murojaatlari ham tinglandi va tegishliligi boʻyicha sektor rahbarlari jalb qilinib, muammolar oʻz oʻrnida bartaraf etildi.
Xuddi shunday sayyor qabullar Amudaryo va Ellikqalʼa tumanlarida ham boʻlib oʻtdi.
Ye.Qanoatov, OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |