2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
“Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PQ-3630-son Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash, qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:

1. Quyidagilar:

 “Obod qishloq” dasturining 2018 yil uchun mo‘ljallangan maqsadli parametrlari hamda dastur doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining asosiy ko‘rsatkichlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi doirasida 2018 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlarining moliyaviy ko‘rsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturi doirasida ishlab chiqarish korxonalariga tabiiy gaz va elektr energiyasini aholi uchun belgilangan narxlarda etkazib berish preferntsiyalari tatbiq etiladigan asosiy turdagi qurilish materiallari ro‘yxati 4-ilovaga muvofiq;

“Obod qishloq” dasturini amalga oshirish uchun tuman va shahar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus shtablarning namunaviy tarkibi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. “Obod qishloq” dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Respublika komissiyasi deb ataladi) 6-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

dasturda ishtirok etayotgan vazirlik, idora, xo‘jalik birlashmalari va mahalliy hokimliklar faoliyatini muvofiqlashtirish va o‘zaro hamkorligini ta’minlash, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish;

qurilish va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha belgilangan parametrlar ijrosini o‘z vaqtida va to‘liq ta’minlash yuzasidan tizimli monitoring yuritish;

kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini tayyorlash, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar – buyurtmachilarning takliflari asosida tasdiqlangan dasturning tegishli parametrlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, bajariladigan ish turlari va hajmlari hamda moliyalashtirish manbalariga kelishilgan holda aniqlik kiritish.

Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamenti Respublika komissiyasining Ishchi organi etib belgilansin hamda unga kelgusi yillar uchun “Obod qishloq” dasturini ishlab chiqish, qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq aholi punktlari ro‘yxatini shakllantirish va dastur parametrlarini ishlab chiqish vazifasi yuklansin.

Respublika komissiyasi (Ramatov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risida”gi Farmonidan kelib chiqib, o‘n kun muddatda mahalliy hokimliklar va tegishli vazirlik (idora)lar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan tuman va qishloqlar kesimidagi manzilli ro‘yxatlarni tasdiqlasin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda kelgusi yil O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish dasturi parametrlarini shakllantirishda “Obod qishloq” dasturi doirasida 2019 yilda amalga oshiriladigan qurilish va obodonlashtirish ishlari uchun zarur markazlashgan kapital qo‘yilmalar limitini ko‘zda tutsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Avtomobilь yo‘llari davlat qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘ztransgaz” AJ “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida ijtimoiy soha ob’ektlari, yo‘l-transport infratuzilmasi va muhandislik kommunikatsiyalari qurilishiga xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘larini jalb qilish uchun loyihaning moliyaviy-iqtisodiy hisobotini (loyihaoldi hujjatini) o‘n besh kun muddatda tayyorlab, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga taqdim etsin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R.Xolmurodov vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy hisobotlari (loyihaoldi hujjatlari) asosida “Obod qishloq” dasturini amalga oshirishga xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlar moliyalashtiruvchi tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlari va grant mablag‘larini jalb etish choralarini ko‘rsin.

5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimliklari bir oy muddatda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan har bir tuman (shahar) va qishloq bo‘yicha maxsus shtablarni shakllantirib, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘ysin, shuningdek, har bir ob’ekt kesimida tarmoq jadvallarini tasdiqlasin va monitoring natijalarini har oy yakuni bilan Respublika komissiyasiga taqdim etib borsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AJ, boshqa tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik birlashmalari “Obod qishloq” dasturi doirasida qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarish uchun tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq asosiy turdagi mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlari bilan uzluksiz ta’minlash choralarini ko‘rsin.

“O‘zqurilishmateriallari” AJ, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘zmaxsusmontajqurilish” AK, “O‘zeltexsanoat” AK, tarkibida qurilish materiallari va jihozlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud bo‘lgan xo‘jalik birlashmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida qurilish va obodonlashtirish ishlarini bajarishga mahalliy qurilish materiallari, buyumlari va jihozlarini etkazib berish uchun joylarda savdo shoxobchalari – korxonalarning firma do‘konlari va filiallarini kompleks tarzda tashkil etsin.

7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Davlat avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, boshqa tegishli idora va tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarini xatlovdan o‘tkazib, ularning natijalariga ko‘ra:

mavjud uy-joylar, bino-inshootlar, infratuzilma ob’ektlari, yo‘l-transport va muhandislik kommunikatsiyalarining texnik holatini o‘rgansin hamda shu asosda ularda qurilish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash ishlari bajarilishini;

texnik talablarga javob bermaydigan yoki noqonuniy ravishda qurilgan bino-inshootlar va qurilmalarning buzilishini;

o‘zboshimchalik bilan egallab olingan er maydonlari tuman hokimliklarining er zaxira fondlariga olinishini ta’minlasin.

8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat avtomobilь yo‘llari qo‘mitasi “Obod qishloq” dasturi doirasida tuman markazidan qishloqlargacha bo‘lgan yo‘llarni, qishloqlarning markaziy ko‘chalarini va asfalьt bilan qoplangan yo‘llarni ta’mirlash, qishloqlarning asfalьt qoplamasiz ichki yo‘llariga qum-shag‘al qorishma yotqizish va piyodalar yo‘laklariga beton qoplama yotqizishni nazarda tutuvchi loyiha echimlari asosida amalga oshirsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tuman (shahar)lar hokimlari hamda sektorlar rahbarlari bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida mavjud ko‘p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini (fasad, pod’ezd, zina maydonlari, tom, erto‘la, trotuar, bolalar maydonchalari) ta’mirlash, maishiy infratuzilma ob’ektlarini (tashqi sanitariya tarmoqlari, tandirxona) joylashtirish hamda atrof-hududini tartibga keltirish bo‘yicha namunaviy talablarni (eskiz loyihasini) ishlab chiqib, ishlarni shu asosda amalga oshirishni ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va sektor rahbarlari bilan birgalikda har bir xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uchun alohida loyiha tashkilotlarini biriktirib, ular tomonidan ko‘p xonadonli uy-joy fondini yaxshilash, tashqi qiyofasini tartibga keltirish, umumfoydalanuv qismlari va maydonlarini ta’mirlash, maishiy infratuzilma ob’ektlarini joylashtirish hamda atrof hududini obodonlashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilishini ta’minlasin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat ekologiya qo‘mitasi hududiy “Toza hudud” DUKlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida chiqindi yig‘ish punktlarini barpo etib, tizimli ravishda chiqindilarni yig‘ish, olib ketish va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil qilsin hamda mazkur ishlarni bajaradigan korxonalarni zarur transport vositalari, texnika va mashina-mexanizmlar bilan ta’minlash yuzasidan choralar ko‘rsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, sektorlar rahbarlari, xo‘jalik birlashmalari, korxona va tashkilotlar bilan birgalikda “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan qishloq aholi punktlarida yangi ish o‘rinlari yaratish va aholining ish bilan bandligi oshirilishini ta’minlasin.

Bunda mavjud zaxira va imkoniyatlardan samarali foydalanish, bo‘sh turgan bino-inshootlarda ishlab chiqarish va infratuzilma ob’ektlarini tashkil etish, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi ob’ektlarini qurish va ta’mirlash, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish va servis shoxobchalarini barpo etish hamda ularning tarmoqlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari A.J.Ramatov, Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A.Qo‘chqorov va S.R.Xolmurodov zimmasiga yuklansin.

                       

                                O‘zbekiston Respublikasi
                                            Prezidenti                                                                                      Sh. Mirziyoev

29.03.2018

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar