Surxondaryo viloyati Termiz shahri va Denov tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Jo‘raev ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi.
Termiz shahri, Termiz, Muzrabot, Qumqo‘rg‘on, Qiziriq, Jarqo‘rg‘on, Sherobod, Boysun, Angor tumanlari aholisi uchun Termiz shahridagi Yoshlar markazi binosida, Denov, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Oltinsoy tumanlari aholisi uchun Termiz davlat universitetining Denov filialida tashkil etilgan uchrashuvlarda aholining murojaatlari tinglandi.
Ommaviy sayyor qabulda 402 fuqaroning mol-mulk va pul mablag‘larini olib qo‘yish yoki qaytarmaslik, murojaati to‘liq ko‘rib chiqilmayotgani, turmush doirasidagi kelishmovchiliklar, surishtiruv va tergov harakatlari, sudlanganlik holatini olib tashlash, fuqarolik, pasport tizimi bilan bog‘liq, qidiruv kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglanib, joyida hal etish choralari ko‘rildi. Shuningdek, ishga qayta tiklash hamda ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarda ham murojaatlar bo‘ldi. Jumladan, 194 ta ichki ishlar organlari faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan muammolar ham o‘rganildi. Sayyor qabulda bo‘lgan fuqarolarning 30 nafari ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyatidan minnatdorlik bildirdi.
Murojaatlarning 170 tasi joyida hal etildi. 137 fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 94 nafariga boshqa organlarga murojaat etish yuzasidan tavsiya bildirildi. Bitta murojaat rad etildi. Shuningdek, shahar va tumanlarda istiqomat qiluvchi boquvchisi yo‘q, kam ta’minlangan va nogironligi bo‘lgan oilalarning 12 tasiga tikuv mashinasi, 3 nafariga kir yuvish mashinasi, 3 nafariga gaz plitasi, 3 nafariga isitish pechi, 26 nafariga nogironlik aravachasi, 10 nafariga elektr non pishirish pechi, 1 nafariga quloq eshitish moslamasi, 1 nafariga manti qozon va qo‘ltiq tayoqlar, 11 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari moddiy yordam sifatida tarqatildi.
Ikki kun davom etgan sayyor qabul doirasida Ichki ishlar Vaziri o‘rinbosari polkovnik M.Jo‘raev Sariosiyo tumanida joylashgan “Farhod” nomidagi muruvvat uyida davolanayotgan ayollarning ahvolidan xabar olib, ularga yaratilgan sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Bemor ayollar bilan suhbat o‘tkazib, ularga sovg‘a-salomlar ulashdi, xayriya dasturxoni yozilib, osh tortildi.
Shu kuni ayollar muruvvat uyining 80 ta derazasiga xavfsizlik choralarini ko‘rish maqsadida temir panjara o‘rnatildi. 2 ming 400 ta zarur gigienik vositalar tuhfa qilindi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |