Toshkent viloyati Olmaliq shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim ota Mavlonovning 100 yoshlik tavallud ayyomi unutilmas voqealarga boy bo‘ldi.
Ezgu amallarning qanoti uzun bo‘ladi. Prezident virtual qabulxonasiga murojaatidan so‘ng 100 yosh bilan yuzlashgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim ota Mavlonovning 28 yillik orzusi ro‘yobga chiqdi.
Abdurahim ota Tojikiston Respublikasi Matchoh tumani Ummati qishlog‘ida tug‘ilgan. 1991 yili mamlakatimizga ko‘chib kelib, Olmaliq shahrining olis tog‘li qishlog‘i – Teraklidan uy-joy qilgan. Ikkinchi jahon urushidan nogiron bo‘lib qaytgach, 40 yildan ziyod maktabda ishlab, o‘quvchilarga boshlang‘ich ta’limdan saboq bergan. Shu qishloq bolalariga harf tanitgan.
7 farzandni ulg‘aytirgan, 105 nevarayu chevara ardog‘ida bo‘lgan otaxonning birdan bir orzusi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish edi. Prezident virtual qabulxonasiga murojaatidan so‘ng davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq, Abdurahim ota Mavlonovga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.
Olmaliq shahrida Abdurahim bobo Mavlonovga fuqarolik pasportini topshirish marosimi katta shodiyonaga aylandi. Bir asrlik tavallud to‘yi nishonlanayotgan otaxonga fuqarolik pasporti bilan birga Prezidentimiz sovg‘asi – “Damas” avtomobili ham topshirildi. Bu 9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurahim otaga katta bayram tuhfasi bo‘ldi.
Insonlarning ezgulik yo‘lidagi fidoyiligi hamisha qadrlanadi, e’zozlanadi. Tadbirda qatnashgan Belarus Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich Abdurahim ota Mavlonovning Ikkinchi jahon urushining olovli janggohlaridan biri – Belarus hududini bosqinchilardan himoya qilish, ayniqsa, 1944 yil 3 iyulda Minsk shahrini ozod qilishdagi jasorati va fidoyiligini Belarus xalqi hech qachon unutmasligini ta’kidladi.
To‘yga to‘yona bilan deganlaridek, Abdurahim otaning asosan dehqonchilik bilan mashg‘ul katta oilasiga Belarus mamlakatida ishlab chiqarilgan zamonaviy traktor ham topshirildi. Belarus mamlakati va xalqining bu sovg‘asi ham qadr va oqibat zamon, makon, millat va din tanlamasligiga, ezgulikning hosili faqat ezgulik ekaniga yana bir hayotiy isbot bo‘ldi.
Shu kuni Abdurahim bobo Mavlonovning qo‘shaloq bayrami Olmaliqning olis Terakli qishlog‘i bo‘ylab aks sado berdi.
A.Xudoyqulov, O.G‘ulomov (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |