Surxondaryo viloyatida 65 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi farzandu nevaralar ardog‘ida umrguzaronlik qilmoqda. Ularning olti nafari Termiz shahrida yashaydi.
“Gulira’no” mahallasida istiqomat qilayotgan Sherali bobo Haydarov bugungi tinch, osoyishta hayotimiz uchun kurashgan mard, jasur yurtdoshlarimizdan.
Bu yil 94 yoshni qarshi olayotgan otaxon 22 yoshida urushga otlandi. O‘shanda 1943 yilning qish fasli edi. Sherali Haydarov va uning safdoshlari Buxoro viloyati Galaosiyo qishlog‘ida kuzgacha tayyorgarlik ko‘rdi. Qurol-aslahalardan foydalanishni o‘rgandi. Fashistlar tomonidan ishg‘ol qilingan hududlar geografiyasi bilan yaqindan tanishdi.
– O‘sha yili sentabr oyida goh poezdda, goh piyoda yurib, Ukrainaning Zaporoje shahriga yetib bordik. Shu yerda bizni urushga kiritdi. Hech ko‘z oldimdan ketmaydi front, deganlari olov bo‘lar ekan. Eh-he, qanday zabardast yigitlar ana shu olovda hayotdan ko‘z yumdi. Bu kunlar hech kimning boshiga tushmasin. Dunyoda urush bo‘lmasin, – deydi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Sh.Haydarov.
Oddiy askar Sherali Haydarovlarning harbiy bataloni Kiev shahrini fashistlardan ozod etishda jang qilayotganida yosh jangchi daydi o‘q zarbidan hushdan ketdi. Boshidan yarador bo‘ldi. Gospitalda juda uzoq davolandi. Shifokorlar kontuziya tashxisi bilan unga mehr berib qarashdi. Urushda ko‘rsatgan jasoratlari orden va medallar bilan taqdirlandi. 1945 yil iyul oyida Surxondaryoga, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i Sayrobga qaytdi.
– Dushmanni Berlingacha quvib borish bir umrlik armon bo‘lib qoldi, – deydi Sherali bobo. – Nogiron bo‘lib, uyga keldim. Lekin, boshqa ko‘plab safdoshlarim kabi g‘alaba nashidasini totmasdan hayotdan ko‘z yumib ketmaganimga shukrona aytardim. Bu g‘alaba – avlodlarimiz baxti, deb o‘ylar edim. Ona qishlog‘imga yorug‘ yuz bilan qaytgach, mehnat faoliyatimni boshladim. Ko‘p yillar tabelchi bo‘ldim. Brigadaga yetakchilik qildim. Oila qurdim. Urushdan keyingi ocharchiliklarni boshdan o‘tkazdim.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi bundan 66 yil muqaddam Termiz shahriga ko‘chib kelib, viloyat markazida mehnat faoliyatini davom ettirdi. Bolalar bog‘chasi, maktab, kinoteatr va uy-joylar qurilishida ishladi. Urushda olgan jarohati aziyat bera boshlagach, qorovul bo‘ldi.
– Qorovullikdan keksalik pensiyasiga chiqdim, – deydi Sherali Haydarov. – Avvallari urush qatnashchilariga hozirgidek e’tibor va g‘amxo‘rlik yo‘q edi. Endilikda mahalla faollari, yoshlar, davlat xizmatchilari, shifokorlar kelib hol-ahvol so‘rab turishibdi. Prezidentimiz har yili moddiy va ma’naviy rag‘batlantirmoqda. Bularning barchasi yoshimizga yosh qo‘shib, o‘zimizni tetik, bardam his etishimizga yaqindan ko‘maklashmoqda. Har kun tongda yurtimizga tinchlik, baraka tilab, duo qilaman.
Piru-badavlat tabarruk otaxon Ikkinchi jahon urushidan so‘ng tinmay mehnat qildi. Uch o‘g‘il, uch qizni tarbiyalab, kamolga yetkazdi. Biroq, hali ham tetik, sog‘lom. Ayni paytda o‘ttizga yaqin nevara, 34 chevaraning suyukli bobosi. Farzandlari, nevara, chevaralari ardog‘ida tinch, osuda va farovon hayot kechirmoqda.
Biz “Gulira’no” mahallasida otaxon yashayotgan uyga borganimizda Termiz shahridagi 12-umumta’lim maktabining bir guruh o‘quvchilari Sherali Haydarovdan xabar olib, 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan tabriklash uchun kelgan ekan. Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi ularga askarlik davrida ko‘rgan-bilganlari va urushdan keyingi tiklanish yillari bilan bog‘liq xotiralarini so‘zlab berayotgan edi.
– Otaxon mahallamizning faxri, – deydi 12-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Shoira Yangiboeva. – Bu xonadon bizga juda yaqin bo‘lib qolgan. Yoshlarimiz gurunglariga juda qiziqadi. Bayramlar arafasida o‘quvchilarimiz bilan kelib, bobodan hol-ahvol so‘raymiz, maslahatlariga quloq tutamiz. Bu uchrashuvlar o‘g‘il-qizlarimizning Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini kuchaytirishga, tinch-osuda va obod hayotning qadriga yetishga o‘rgatayotgani bilan ham ahamiyatlidir.
X.Mamatrayimov, J.Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |