Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy himoya siyosati natijasida mamlakatimizda uysiz, kam taʼminlangan, nogiron va boquvchisini yoʻqotgan oilalar ham zamonaviy uy-joylarga koʻchib oʻtib, baxtli hayot kechirmoqda.
Darhaqiqat, uy inson hayotining ajralmas boʻlagi. Xalqimiz uni Vatanga qiyoslab, har bir insonning oʻz vatani, goʻshasi boʻlsin, deya duo qiladi.
Qarshi shahridagi Kat mahallasida 20 nafar nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan fuqaroga 20 moslashtirilgan uy-joyning kaliti topshirilgani ham mazkur duoning amaldagi ifodasi boʻldi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Qarshi shahri “Naxshab” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Dilnavoz Erkayeva yolgʻiz ona. Saraton kasalligiga chalingani bois, 2-guruh nogironi. Shu kunga qadar u bir nafar farzandi bilan onasinikida 4 nafar voyaga yetgan ukasi bilan jami 7 kishi bir xonali uyda yashab kelardi. Bugun uning uchun eng quvonchli kun. Endi uning oʻz uyi bor.
– Xursandchiligim ichimga sigʻmaydi, – deydi Dilnavoz koʻzlariga yosh olib. – Hatto oʻzimni sogʻlom insonlardek his qila boshladim. Keyingi paytlar juda tushkunlikka tushib qolgan edim. Bu uyning menga berilishi hayotimni butkul oʻzgartirib yuborgandek goʻyo. Oʻgʻlim Aleksandr ham hursand. Endi u ham tengdoshlari oldida uyalmaydi. Boshini tik tutib yuradi. Buning ustiga bizga berilgan uyda hamma sharoit muhayyo ekan. Xuddi tush koʻrayotgandekman, hozir.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 2017-2018 yillarda viloyatda 428 nafar nogironligi boʻlgan kam taʼminlangan fuqaroni imtiyozli uy-joy bilan taʼminlash, yashab turgan uylarini taʼmirlab berish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish reja dasturi ishlab chiqilgan. Unga koʻra, 2017-2018 yillar davomida 122 nafar fuqaroning uy-joy olishi uchun boshlangʻich toʻlov mablagʻlari toʻlab berilgan. 132 nafar oʻta ogʻir turmush sharoitidagi nogironlarga bepul moslashtirilgan uylar qurib topshirilgan. 121 nafarining yashash uy-joylari taʼmirlangan. 15 nafariga esa oʻzlari yashab turgan yer uchastkalaridan uy-joy qurib berilgan. 38 nafariga mahalliy hokimliklar tomonidan arzon uy-joylar ajratilgan.
Bu kabi ezgu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, shahar va tuman uy-joy komissiyalari tomonidan 285 nafar nogironligi boʻlgan, kam taʼminlangan fuqarolar roʻyxati shakllantirilib, ularning arzon uy-joy olishi uchun boshlangʻich badal toʻlovlarini toʻlab berish boʻyicha reja dastur ishlab chiqilgan.
Qarshi shahar “Qarliqbogʻot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi Lobar Usmonova ham turmush oʻrtogʻi vafotidan soʻng uch nafar yosh farzandi bilan qiynalib qoldi. U qaynotasinikida jami 4 ta oila bir xonadonda yashab kelardi. Ikkita oʻgʻli endigina maktabga bora boshlagan. Kenjasiga hali ona tarbiyasi zarur. Shu bois u ishlash imkonidan mahrum. Uy-joy masalasidagi oilaviy tortishuvlar soʻnggi paytlarda uni juda charchatgan edi. Mutasaddilar unga ham uy ajratganini eshitib, benihoya quvondi.
– Bugun men uchun eng baxtiyor kun, – deydi Lobar Usmonova. – Ayniqsa, farzandlarim juda hursand. Nasib etsa, bu uyda yangi hayot boshlayman. Biz kabi ehtiyojmand oilalarning holidan xabar olganlardan bagʻoyat minnatdormiz. Ilgarilari ham bu masala boʻyicha koʻp bora murojaat qilganman, lekin hech natija boʻlmagan. Mana, haqiqat bor ekan. Nihoyat bizning ahvolimiz oʻrganilib, uy ajratildi. Bu hayotimizni, fikrimizni oʻzgartirdi. Hayotga mehrim oshdi. Bizga koʻrsatilgan bu eʼtiborni, albatta, oqlaymiz. Endi imkonim boricha harakat qilaman. Yonimizdagi tikuvchilik sexida ishlab baxtli hayot kechiraman.
Darhaqiqat, tadbir doirasida yangi xonadonlarga ega boʻlgan fuqarolar ishlab, mehnat qilishlari uchun tikuvchilik va mebel sexi faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi. Endilikda ular mana shu sexlarda ishlab, oilasi farovonligini taʼminlaydi.
Shuningdek, tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan uyga ega boʻlgan oilalarning 35 nafar farzandiga oʻquv-qurollari va boshqa qimmatbaho
sovgʻalar ham berildi.
Uy topshirish marosimi katta shodiyona, bayramga aylandi. Yuzida hayotdan mamnunlik hissi barq etib turgan yangi xonadon egalarining quvonchi goʻyo olamni tutadi. Taniqli sanʼatkorlar ijrosidagi kuy-qoʻshiqlar tadbirga oʻzgacha shukuh bagʻishladi.
Tadbirda Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Roʻziyev soʻzga chiqdi.
Oʻ.BAROTOV, J.NORQOBILOV (surat), OʻzA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |