2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
16 nafar xotin-qiz uy-joyli bo‘ldi

Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 13 ta 2 qavatli va 3 ta 1 qavatdan iborat 2 sotixli uy-joylar nogironligi bor, kam ta’minlangan xotin-qizlarga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat hokimi G‘.Mirzaev, Bosh vazir o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboeva va boshqalar Davlatimiz rahbarining joriy yil 19 fevral kuni viloyatga tashrifi chog‘ida xotin-qizlarini uy-joy va ish bilan ta’minlash bo‘yicha bergan topshirig‘i ijrosi yuzasidan viloyatda tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

 

Уй-1.jpg

 

– Bankdan 15 yilga imtiyozli kredit olib, uy-joyli bo‘ldik, – deydi 1-guruh nogironi Nargiza Sodiqova. – Uyning boshlang‘ich badali davlatimiz tomonidan to‘lab berildi. Yangi loyihalar asosida qurilgan 3 xonadan iborat 2 sotixli uyda o‘g‘limga kelin tushirib, hovli to‘yi bilan qo‘shaloq qilib nishonladik.

 

13 ta 2 qavatli uyning 6 tasi uch xonali, 7 tasi ikki xonali. 3 ta 2 sotixli uy-joy esa 3 xonali bo‘lib, mazkur uy egalarining 10 nafariga respublika xotin-qizlar jamoat fondi mablag‘i hisobidan hamda 6 nafar kasanachilik asosida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablag‘i hisobidan uy-joyning boshlang‘ich badallari to‘lab berildi.

 

уй-2.jpg

 

Shuningdek, yangi uy sohibalariga homiy tashkilotlar tomonidan turli uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebel va jihozlar sovg‘a qilindi.

 

A.QAYuMOV, F.TOShMATOV (surat), O‘zA

10.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar