2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Har bir rahbar xalq orasiga kirishi, xalqning dardu tashvishi bilan yashashi darkor

Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi “Xovos temiryo‘lchilar madaniyat saroyi”da ochiq muloqot o‘tkazildi.

Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Bekzod Boliev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Muhiddin Jo‘raev, viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev va barcha sektorlar hamda korxona, tashkilot, idoralar rahbarlari ishtirok etgan qabulda 500 dan ortiq aholi ishtirok etdi.

 

– Ertalabdan buyon soliq, tadbirkorlik, bandlik va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan 50 nafarga yaqin fuqaro murojaat qildi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i A.Mavlonov. – Achinarlisi, ba’zi fuqarolarimiz yil davomida o‘tkazilgan, noqonuniy qurilgan uy-joylarning amnistiyasi bo‘yicha bir marotabalik aksiyadan foydalanmagan. Murojaatchilarga huquqiy maslahatlar berildi, 40 nafardan ortiqroq fuqaroning murojaatlari yozma ravishda qabul qilindi. Murojaatchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning hal etilishi joyiga chiqib o‘rganishni hamda biroz bo‘lsada vaqtni talab qilishi va albatta ko‘maklashishimiz to‘g‘risida atroflicha tushuncha berildi.

 

Viloyat tuman va shaharlardan ommaviy qabulga kelgan fuqarolar bugunning o‘zida, mutasaddi vazirlik, viloyat idoralari, shuningdek, viloyat adliya boshqarmasi, shahar va tumanlar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari agentligi hududiy boshqarmasi hamda tuman davlat xizmatlari markazi va barcha mutasaddi viloyat tashkilotlari mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

 

Ommaviy qabulda ayollar tomonidan ko‘tarilgan muammolar ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Xotin-qizlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning asosiy qismi bandlikni ta’minlash, tijorat banklari kredit mablag‘lari ajratishni kechikayotgani, uy-joy ta’minoti va ijtimoiy himoya borasida bo‘ldi. Quvonarlisi ko‘tarilgan masalalarning ko‘pchiligi joyida bartaraf etildi.

 

– Biroz ehtiyotsizligim, e’tiborsizligim oqibatida xonadonimda gaz ballon portlab oqibatda turar joyim yashash uchun yaroqsiz ahvolga kelib qoldi, – deydi Xovos tumandagi Mustaqillikning 25 yilligi mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Gulnora Jo‘raeva. – Joy talofati bo‘lsada, jon talofati bo‘lmaganiga ming shukur. Bugungi ommaviy sayyor qabulda uyim to‘liq ta’mirlab berilishi uchun tegishli tashkilotlarga zarur topshiriqlar berilib, aniq muddat belgilandi. Rahbarlarning fuqarolar bilan bugungidek sayyor qabulni tashkil etish tashabbusini ilgari surgan Prezidentimizga ming rahmat.

 

– To‘g‘risi, arzir-arzimas narsalarga ham, ota-onam va jon-jigarlarimni uyiga borib-kelishga ham, bolalarimni maktabiyu, bog‘chasi uchun ham turmush o‘rtog‘imdan pul so‘rayverib, o‘zim ezilib ketdim, – deydi tumandagi Bunyodkor mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, vaqtinchalik ishsiz Barno Sangilova. – Biz o‘qigan davrda maktablarda 8 yillik shahodatnoma va o‘rta ma’lumot to‘g‘risida attestatdan boshqa hech qanaqa hujjat berilmasdi. Hozir esa qaerga ish so‘rab borsang mutaxassisliging bo‘yicha diplom so‘rashadi. Bizni davrimizda kasb-hunar o‘rganish uchun SPTUga kirib o‘qish kerak edi. U yerda esa asosan darslarni o‘zlashtirolmagan, qoloq, tarbiyasi bo‘sh, xulqi past bo‘lgan o‘quvchilar tahsil olish uchun jo‘natilardi. Shunga qaramay, o‘shanaqa o‘quv muassasasi ham hamma joyda bo‘lmagan, bori ham o‘g‘il bolalar kasbi bo‘yicha edi.

 

Xudoga ming shukur, menga o‘xshab kasb-kori yo‘qlarga ham ish topib berayotgan Davlatimiz rahbarining aziz boshlari hamisha omon bo‘lsin. Endi, men ham haq to‘lanadigan jamoatchilik ishida faoliyat yuritadigan bo‘ldim.

 

Ommaviy sayyor qabul xalq sayliga aylanib ketdi, jismonan cheklangan fuqarolardan 40 nafariga homiylar tomonidan nogironlik aravachalari, yana 40 nafariga maishiy texnika jihozlari, jumladan: gaz plitalari, multivarkalar, duxovka va boshqa uy-ro‘zg‘or jihozlari ulashildi.

 

photo5393221624095943241.jpg

 

Tumanda istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarga bir qopdan un, bir qopdan piyoz, 5 litrdan o‘simlik yog‘i, makaron va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

 

Ommaviy qabul doirasida Sirdaryo viloyati OITSga qarshi kurash markazi hamda tuman tibbiyot birlashmasi hamkorlikda Salomatlik kunlari aksiyasini o‘tkazdi.

 

Ushbu aksiya doirasida ultratovush apparatida bepul tekshirish, qon tahlillari olish hamda tibbiy maslahatlar berish ishlari qizg‘in amalga oshirilmoqda.

 

– Bugun tumanimizda o‘tayotgan ommaviy sayyor qabul hamda Salomatlik aksiyasi tungacha davom etadi, – deydi Xovos tuman hokimining o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Berdiyorova. – Bugungi ommaviy qabulga kelgan fuqarolarimiz uchun “Xovos temiryo‘lchilar madaniyat saroyi” oshxonasida 500 kishilik iftorlik dasturxoni tashkil etganmiz. Muborak ramazon kunlarida iftorligini qilib, so‘ngra uylariga ketishadi. Bundan tashqari, “Onalar va bolalar” xonalari tashkil etilgan. U yerda onalar va bolalar uchun “fusher tushliklari” va boshqa barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

 

Bandlik masalasida kelib, ishga joylashganlar, tadbirkorlik yo‘lida muammolarga duch kelgan, sayyor qabulda nihoyat yechimini topgan fuqarolarning yuz-ko‘zlarida tabassum – tadbirning ahamiyati borasidagi eng to‘g‘ri bahodir.

 

Bugungi ommaviy sayyor qabuldan kelib chiqib, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, xalq bilan muloqotlar aholi muammolarini bartaraf etilishiga, yashash sharoitini yengillashtirishga bevosita ko‘mak berdi.

 

Prezidentimizning ta’kidi bilan aytganda, har bir rahbar xalq bilan muloqot qilishi, xalq orasiga kirishi, xalqning dardu tashvishini o‘rganishi va uni hal etishi, xalq bilan birga bir havodan nafas olishi lozim, degan jumlalarini o‘zlariga dasturilamal qilib olsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi.

 

A.QAYuMOV, O‘zA

14.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar