2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Murojaatchi ham ishli, ham uyli bo‘ldi

Samarqand viloyat adliya boshqarmasiga Samarqand shahar, “Chilquduq” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Muxamedov oxirgi 2 yil davomida ishga joylashish maqsadida o‘nlab tashkilotlarning ostonasida ovora bo‘lib, ishga kirolmasdan yurganligi sababli uni ishga joylashishda amaliy yordam berishni hamda so‘rab murojaat qildi.

Fuqaro Sh.Muxemedovning murojaati viloyat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, shahar bandlikka ko‘maklashish markazi jalb qilingan holda Samarqand shahrida joylashgan harbiy qismga avtomobil haydovchisi vazifasiga ishga joylashish uchun yo‘llanma taqdim etildi.

Bundan tashqari, xuddi shu fuqaro tomonidan 3 oydan beri o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar-joyga nisbatan mulk huquqi ololmayotganligidan norozi bo‘lib viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Ushbu murojaat viloyat adliya boshqarmasi Ijtimoiy-iqtisodiy sohada huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyga nisbatan mulk huquqini e’tirof etishda qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi hamda fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joyiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha Samarqand shahar hokimining qarori qabul qilinib, mulk egasiga topshirildi.

17.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar