2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Konimexda sayyor qabul oʻtkazdi

Navoiy viloyati Konimex tumanida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari fuqarolarning hududda tibbiy xizmatdan foydalanish, yoʻl qurilishi, suv chiqarish, bandlik hamda ichki ishlar organlariga taalluqli boʻlgan boshqa bir qator masalalar bilan murojaatini oʻrgandi. Sayyor qabulda 200 dan ortiq aholi qatnashdi.

– Otam 3 yildan buyon yotoqda, – deydi fuqaro Narzulla Boymurodov. – Oilaviy sharoitimiz ogʻirligi uchun u kishiga nogironlik aravachasi olib berolmaganmiz. Bundan oldin bir necha marta mutasaddi tashkilotlarga nogironlik aravachasi soʻrab murojaat qilgan edim. Lekin mening soʻrovim eʼtibordan chetda qoldi. Otamni yelkalab tashqariga olib chiqardim. Bugun murojaatim hal boʻldi, uyimizga otamga nogironlik aravachasi keltirildi.

 

Sayyor qabulda yozma murojaatlar asosida 6 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 4 nafar imkoniyati cheklangan shaxslarga maxsus qoʻltiqtayoqlar, 2 nafariga eshitish moslamasi olib berildi. Shuningdek, 50 nafar murojaatchining tibbiy xizmat, ishsizlik, nafaqa olish, ishni qayta tiklash masalalari oʻz joyida ijobiy yechim topdi.

 

Xatirchi tumanida oʻtkazilgan sayyor qabulda ham koʻplab fuqarolarning murojaati joyida hal etildi. Jumladan, 10 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga nogironlik aravachalari, qiymati toʻrt million soʻm boʻlgan dori-darmon hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi. Bundan tashqari, IIV oʻrinbosari fuqarolarni yakka hamda umumiy tartibda qabul qilib ularning murojaatlarini koʻrib chiqdi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan elektr energiyasidagi uzilishlar, ichki yoʻllarni taʼmirlash, ishsizlik hamda ichimlik suvi bilan bogʻliq qator masalalar muhokama etildi. Shuningdek, vazir oʻrinbosari Ichki ishlar vazirligi Navoiy akademik litseyida ham boʻlib, u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

 

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining viloyatga ikki kunlik tashrifi chogʻida qator murojaatlar koʻrib chiqilib, aksariyati oʻz joyida bartaraf etilgan boʻlsa, ayrimlari tegishliligi boʻyicha mutasaddilar nazoratiga olindi.

 

photo_2019-05-18_11-24-37.jpg

 

photo_2019-05-18_11-24-38.jpg

 

N.RAHIMOV, OʻzA muxbiri

18.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar