Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida viloyat hokimligi va viloyat xalq qabulxonasi hamkorligida o‘tkazilgan sayyor qabulda aholining ko‘plab muammolari hal etildi.
Sektor rahbarlari, viloyat tashkilotlari, tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etgan tadbirda 200 dan ziyod fuqaroning murojaati ko‘rib chiqildi. 43 murojaat joyida hal etildi. 10 dan ziyod shikoyatlar bo‘yicha atroflicha tushuntirish va tavsiyalar, qolgan arizalarni o‘rganish va ijrosini ta’minlash bo‘yicha viloyat tashkilotlariga topshiriqlar berildi.
Chiroqchi tumani Keshmishtepa mahallasi aholisi elektr ta’minoti va ichimlik suvi masalasida qiynalib keladi. Qabulda mutasaddilar ularning dardini eshitib, muammoni ijobiy hal etishga va’da berdi.
– Mahallamiz ahli, ayniqsa, ichimlik suvidan qiynaladi, – deydi Shahlo Qayumova. – Qimmat narxda uzoq masofadan tashib keltiramiz. Bu masala yuzasidan ko‘p bora murojaat qilganmiz, lekin muammo hal bo‘lmasdan kelayotgan edi. Bugun sayyor qabulga kelgan viloyat va tuman mutasaddilari masalamizni o‘rganib chiqishga va hal etishga va’da berdi. Bundan xursand bo‘ldik.
Muammo va kamchiliklarni joyiga borib, o‘rganish va bartaraf etish tizimi an’anaga aylanib borayotgani keng xalq ommasini mamnun qilmoqda. Boisi har bir murojaat doimiy nazoratga olingan holda ijrosi ta’minlanmoqda. Masalan, tumandagi Ko‘lchiyal mahallasi fuqarolari o‘tgan galgi sayyor qabulda mahallasidagi trasformatorlar ma’nan eskirgani va shu bois elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani xususida murojaat qilgan edi. Ushbu murojaat tezda nazoratga olinib, ijobiy yechim topgani sabab qishloq ahli bu safargi qabulga minnatdorchilik bildirgani keldi.
Sayyor qabul doirasida nogironligi bo‘lgan va sog‘ligini yo‘qotgan bir guruh fuqarolarga 8 ta nogironlik aravachasi, bir nechta hassa va qo‘ltiqtayoq, sog‘ligini tiklashi uchun 12 ta order va 5 ta sihatgohga yo‘llanma tarqatildi. 50 ga yaqin tashkilot, korxona va muassasa mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan mehnat yarmarkasida ko‘pchilik fuqarolarga ishga joylashishi uchun yo‘llanma berildi.
Sohil mahallasida yashovchi Mavjuda Doniyorova anchadan buyon ishsiz edi. Mehnat yarmarkasida u o‘ziga munosib ish topdi.
– Oilamga nafim tegsin deya ish qidirib yurgan edim, – deydi Mavjuda Doniyorova. – Shu bois sayyor qabulga keldim. Bu yerda mehnat yarmarkasi bo‘layotgan ekan. Xullas ishli bo‘ldim. Tuman tibbiyot birlashmasiga orastabon bo‘lib, ishga qabul qilindim. Bundan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi.
Har bir murojaat ortida xalqning manfaati yotadi. Uning hal qilinishi esa kimningdir turmushi yaxshilanishiga xizmat qiladi. Mana shunday ezgu maqsadlarni ko‘zlab yo‘lga qo‘yilgan bu tamoyil kelajakda o‘z samarasini beradi.
O‘.BAROTOV, J.NORQOBILOV (surat), O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |