2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Mudofaa vaziri o‘rinbosari sayyor qabullar o‘tkazdi

Mudofaa vaziri o‘rinbosari ishtirokidagi sayyor qabullar davomida ko‘plab insonlar muaommosi ijobiy hal bo‘ldi.

28-29 may kunlari mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi mas’ul mansabdor shaxslardan iborat guruh Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugning Termiz garnizonida joylashgan “Oila markazi”da sayyor qabul o‘tkazdi.

 

Qabul davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatidan iborat ishchi guruh va okrug qo‘mondonligi mas’ul ofitserlari harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari hamda harbiy pensionerlarning mavjud muammolari, talab, taklif va ehtiyojlarini o‘rganib, amaliy ko‘mak berish yuzasidan ish olib bordi.

 

5 (3) (2).jpg

 

Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati O‘zAga ma’lum qildi.

 

Salomatligi tufayli yillar davomida aziyat chekib kelayotgan nafaqadagi podpolkovnik G‘aribjon Safarovning sayyor qabul guruhining tashabbusi va beminnat yordamidan ko‘ngli to‘ldi. U iyun oyining birinchi o‘n kunligida o‘z tashxisi bo‘yicha bilan Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitalida davolanadigan bo‘ldi. Agar zarurat tug‘ilsa, xorij shifoxonalariga ham yo‘llanma olishiga imkon bo‘lishiga va’da berildi.

 

Shuningdek, marhum harbiy xizmatchilarning oilasi ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q.

 

“Sayyor qabul bo‘lishini eshitib, Sariosiyodan Termiz shahriga keldim. Turmush o‘rtog‘im harbiy xizmatchi bo‘lib, u vafot etgan. Hozirda oilaviy sharoitimiz og‘ir ahvolda. Mudofaa vaziri o‘rinbosari bilan uchrashib, bizni qiynayotgan muammolarni bayon etdim. U kishi mening murojaatimni tinglab, zudlik bilan muammomni hal etdilar. Buning uchun barcha tashabbuskor, fidoyi insonlarga rahmat aytaman”, – deydi Guljamol Ulasheva. 

 

photo_2019-05-29_21-38-05.jpg

 

Sayyor qabul ishchi guruhi bilan birgalikda Surxondaryo viloyatining davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ham hamyurtlarimizga quloq tutarkan, ularning sog‘liqni saqlash, ta’lim, sport, bank va kredit, bandlikka ko‘maklashish kabi ijtimoiy-maishiy muammolariga yechim topdi.

 

– Viloyat markaziy banki boshqarmasi vakillari menga tadbirkorlikni boshlash va imtiyozli kredit olish uchun nimalarga e’tibor qaratish haqida muhim yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdi, – deydi Dilshoda Shodieva. – Turmush o‘rtog‘im – harbiy xizmatchi. Men xususiy tadbirkorlik orqali oilaviy daromadimizga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman.

 

Bundan tashqari, ushbu sayyor qabullar Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on hamda Sherobod tumanlarida joylashgan harbiy qismlarda ham o‘tkazildi.

 

O‘zA

30.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar