2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoev Jondor tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Qabulda viloyatning barcha mutasaddi tashkiloti rahbarlari ham ishtirok etdi.

Tadbirda 200 nafardan ziyod fuqaro qabul qilindi. Ularning 127 nafari bevosita viloyat hokimi huzurida bo‘ldi.

 

Umarxo‘ja qishlog‘ida yashovchi 86 yoshli Nizom bobo Hamdamov o‘z shaxsiy masalasi bilan emas, balki hududda yashovchi ko‘plab aholi tashvishida kelibdi. Uni qishloqdoshlari vakili, desa ham bo‘ladi.

–Bizni ancha yillardan buyon elektr energiyasi ta’minoti qiynab kelmoqda, – deydi otaxon. – Hududimizda xonadonlar soni ko‘payib borayotgani, qolaversa, elektr uzatish liniyamizdan ikki qo‘shni qishloq ham foydalanishi natijasida bir paytlar o‘rnatilgan transformatorning quvvati yetmay qolmoqda. Lip etib chiroq o‘chib tursa, bolalar dars qilaolmaydi, televizor ko‘rolmaymiz, kayfiyatimiz buziladi. Xullas, qo‘shimcha transformator zarur. Bu masalada bir necha bor tegishli idoralarga murojaat qildik. Lekin amaliy natija bo‘lmayapti. Muammomizni diqqat bilan eshitgan viloyat hokimi uning yechimini nazoratga olinishini ta’kidladi hamda tegishli tashkilot rahbarlariga masalani yaqin kunlarda hal qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Qulonchi qishlog‘i aholisini suv ta’minoti qiynab kelayotgan ekan. Tuman mutasaddilaridan naf bo‘lmagach, nafaqaxo‘r fuqaro Farhod Halimov viloyat hokimidan najot izlab kelibdi. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoev Farhod boboning kayfiyatini ko‘tarib, kuzatib qo‘ydi. Axir hokim mutasaddi tashkilot rahbarlariga Moxon kanalidan quvur tortilib, qishloqqa suv keltirish yuzasidan topshiriq bergandi.

 

Bundan tashqari yana ko‘plab fuqarolar muammolari sayyor qabul jarayonida hal etildi. Ularning orasida “Zarafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi uch bolali yolg‘iz ayol Oysulton Rahimova ham bor. Bu oila kelgusi yilda uyga juda muhtoj, nochor oilalar ro‘yxatiga kiritiladigan bo‘ldi. Buning ustiga tikuvchilikka qiziqishi hisobga olinib, bankning 8 foizli krediti asosida tikuv mashinasini shu yerning o‘zida unga topshirishdi. 

 

Sayyor qabulga kelgan ko‘ptarmoqli “Jahongir – Muhiddin” fermer xo‘jaligi rahbari Nodira Rajabovaning esa bir necha yillik muammosi hal bo‘ldi. Paxtachilik, g‘allachilik, parrandachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan fermerning chorvachilikni rivojlantirishdagi imkoniyati cheklangan edi. U har oyi 3,5 million so‘m ijara to‘lovi asosida o‘rmon xo‘jaligining yaylovidan foydalanib kelardi. Bu xarajat xo‘jalik moliyaviy faoliyatiga ta’sir qilgan. Qabulda unga qorako‘lchilik xo‘jaligining tuman zaxira fondiga o‘tgan yaylovlari bir necha yuz gektaridan foydalanish uchun shartnoma asosida foydalanishga berish masalasi yaqin kunlarda hal bo‘lishi ma’lum qilindi.

 

200 dan ziyod murojaatlar qabul qilinib, masalalar hal etildi. Ijrosi nazoratga olinadigan bo‘ldi. 

 

Erkin YoDGOROV, O‘zA

31.05.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar