Navoiy viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish Qabulxonasi faoliyat boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni asosida tashkil etilgan mazkur qabulxona rahbari vazifasini bajaruvchi etib O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Shakarov Dilshod Esanovich tayinlandi.
Farmonda belgilanganidek, qabulxona tadbirkorlik sub’ektlarini hamda chet ellik investorlarni qabul qilish, ularning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini ta’minlashga xizmat qilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish, amaliyotda uchrayotgan ayrim muammolarni monitoring qilish, umumlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash vazifalarini amalga oshiradi.
Nuriddin RAHIMOV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |