Paxtakor tumani Mirzacho‘lning janubiy-g‘arbida o‘zlashtirilgan yerlarda 1967 yilda Sirdaryo viloyati tarkibida tashkil etilgan.
1974-yilda Jizzax viloyati tarkibiga o‘tkazilgan tumanda cho‘lni o‘zlashtirishning ilk davrida kelgan cho‘lquvarlar, ularning farzandlari yashab, mehnat qiladi. “Obod qishloq” dasturi Paxtakor tumaniga yetib keldi.
Bir oy muqaddam Respublika ishchi guruhi tomonidan Paxtakor tumanidagi barcha qishloq va mahallalar ijtimoiy infratuzilmasi o‘rganib chiqildi.
Tuman markazidagi to‘rtta mahallada 1960 yillarda qurilgan 56 ta ko‘p qavatli uy ta’mirlanib, 88 barak uy va rejasiz, noqonuniy qurilgan inshootlar to‘liq buzib tashlandi. Yarim asrdan ziyod nochor kulbalarda yashab kelgan 950 oila yangi turar joylar bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
Barak uylarda istiqomat qiluvchilardan 120 nafari yangi barpo etilayotgan ko‘p qavatli uylarga ko‘chib o‘tish istagini bildirgan. 850 oilaga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berildi.
– To‘rtta massivda bosh reja asosida yakka tartibda 950 ta yangi turar joy barpo etilmoqda, – deydi tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i Ahrolboy Jo‘raev. – Hozirgacha ularning 300 tasida poydevor quyish ishlari tugallandi. Har birining qiymati 70-75 million so‘mdan baholangan bu turar joylar qurilishiga jami 60-65 milliard so‘m sarflanishi hisoblab chiqildi.
Bu ishda kam ta’minlangan oilalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
– Keng uyda emin-erkin yashashni orzu qilardik. To‘rt kishilik oilamiz barakda qiynalib yashab kelayotgan edik, – deydi o‘zi uchun ajratilgan yer uchastkasida yangi uy tiklayotgan Shomurod Rajabov.
Obodlik barobarida infratuzilma inshootlari ham to‘liq yangilanayotir. Hozirgacha 2,5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i tortildi. Elektr uzatish tarmoqlarida modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari davom etmoqda. Yaroqsiz holga kelgan simyog‘ochlar yangilariga almashtirilib, 2 kilometrlik elektr tarmog‘i yangilandi.
“Oltinko‘l” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangi massivda 150 o‘rinli zamonaviy bog‘cha, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilayotir.
Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |