Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Akbar Toshqulov Zafarobod, Mirzacho‘l, Arnasoy tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. Unda tadbirkorlar faoliyatida o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq tashkil etilayotgan Bosh vazir qabulxonalarining tadbirkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati, joylarda ushbu qabulxonalarni tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari o‘z faoliyatini viloyat, shahar va tumanlardagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy markazlari bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiradi. Ayni kunlarda ish boshlashi kutilayotgan qabulxonalarda har bir masala 2 kunda, agar mazmun jihatdan ko‘rib chiqilishi talab etilsa 7 kun ichida hal etiladi.
Bosh vazir qabulxonasini ishga tushirishga tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan uchrashuvda tadbirkorlarning 100 ga yaqin savol va murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlardan 20tasida ko‘tarilgan masalani hal qilishni adliya vaziri o‘rinbosari shahsan o‘z nazoratiga oldi. 30 dan ortiq murojaat joyining o‘zida hal etish bo‘yicha tegishli tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha egalariga huquqiy tushuncha va maslahatlar berildi.
– Parrandachilik fermasi barpo etish uchun 3 milliard so‘m kredit va 1 gektar er maydoni olish bo‘yicha murojaatim hozirgacha muammo bo‘lib kelayotgan edi, – deydi Do‘stlik tumanidagi “Oliy himmat sari” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari Behzod Ravshanov. – Bugun mening ushbu murojaatimni hal etish tegishli tijorat banki va boshqa aloqador tashkilotlar mutasaddilariga topshirilib, ijrosini adliya vaziri o‘rinbosari shahsan nazoratiga oldi. Bosh vazir qabulxonasi tashkil etishi biz tadbirkorlarning muammolarini hal etishda yangi amaliy qadam bo‘lganligiga ishonaman.
Toshqul BEKNAZAROV, O‘zA muxbiri
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |