Pop tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov 33 murojaatni joyida hal qildi.
Aholi bilan doimiy muloqotni davom ettirish, odamlarning dardini eshitish, ularni qiynayotgan muammolarga yechim topish maqsadida tashkil etilgan muloqotda sektor rahbarlari, viloyat boshqarma va idoralari, shahar va tuman mahalliy davlat hokimiyati organlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot hamda korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.
Sayyor qabulda uy-joy bilan ta’minlash, kommunal xizmat ko‘rsatish sohasidagi kamchiliklar, bankdan kredit olish, huquqni muhofaza qilish idoralari faoliyatiga doir e’tirozlar, ishsizlik muammolari, tadbirkorlik, fermer xo‘jaligi faoliyatiga xalaqit berayotgan holatlar va boshqa masalalarga oid 70 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.
Shundan 33 tasiga joyida yechim topildi. 4 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan 30 tasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘rganib, chora ko‘rish uchun tegishli tashkilot va idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Sayyor qabul doirasida mehnat yarmarkasi, davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatish amaliyotlari tashkil etildi va ularda 12 nafar fuqaroga o‘z joyida STIR raqami, ikki nafar fuqaroga sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma, 15 nafar fuqaroga esa ishga yo‘llanma berildi. Bundan tashqari, 3 nafar ehtiyojmand fuqaro viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan imtiyozli davolanish uchun order bilan ta’minlandi.
Tadbir yakunida Pop tumani hokimiga aholini qiynayotgan muammolarni bartaraf etishning samarali choralarini ko‘rish yuzasidan topshiriq va tavsiyalar berildi.
Akromjon SATTOROV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |