2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasi
Quvada “Obod mahalla” dasturi ijrosi toʻliq taʼminlanadi

Tuman hokimligi va sektor ishchi guruhi tomonidan maqolada tilga olingan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilandi.

“Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻinida “Obod mahalla” dasturi asosidagi ishlar ayni kunlarda davom ettirilib, koʻp qavatli uylar va uning atrofidagi hududda obodonlashtirish ishlari bajarilmoqda. Mahalla fuqarolar yigʻinida 38 ta koʻp qavatli uylar boʻlib, 8 ta xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyat olib bormoqda. Ichimlik suv taʼminotini yaxshilash borasida 4,5 kilometr ichimlik suvi va 3 kilometr oqava suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilib, bu ishlarga 160 million soʻm mablagʻ sarflandi va bugungi kunda ishlar davom ettirilmoqda. Hududda 1 dona TP va 45 ta temir beton tayanchlar, 20 dan ortiq tungi yoritish chiroqlari oʻrnatildi, 8 kilometr tabiiy gaz tarmogʻi taʼmirlandi.

 

Hududda 0,75 km ichki yoʻllar taʼmirlanib, ushbu ishlarga 270 million soʻm mablagʻ sarflangan. Bugungi kunda “Rustamjon qurilish baraka” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan hududdagi koʻp qavatli uylarning yoʻlakchalari asfaltlashtirish uchun oʻlchov ishlari olib borilmoqda.

 

22 ta koʻp qavatli uylarning fasad qismi va kirish yoʻlaklarini taʼmirlash ishlari olib borilib, hozirgi kungacha 182,4 million soʻm mablagʻ sarflandi va taʼmirlash ishlari davom ettirilmoqda. Bundan tashqari, ushbu uylarda yashovchi mulkdorlar tomonidan oʻzboshimchalik bilan qurib olingan 20 dan ortiq noqonuniy qurilmalar buzib tashlandi. Hududdagi irrigatsiya ariqlari tozalanib, beton lotoklar qurish ishlari bajarilmoqda va koʻp qavatli uylar atrofini va oralarini tekislab gul koʻchatlari ekish uchun tayyorlanmoqda hamda obodonlashtirish ishlaridan hosil boʻlgan axlatlarni hamda qurilish axlatlarini olib chiqib ketish ishlari amalga oshirilmoqda. 14, 18-sonli koʻp qavatli uylarning orqa tomonidan oʻtgan zovurni kovlash ishlari bajarildi.

 

“Gʻalaba” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 38 ta uylarni taʼmirlash, tutash hududlarni obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari uchun 1 milliard 77 million soʻm miqdorda mablagʻ ajratilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda tegishli tartibda oʻzlashtirilib, taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

 

M. AKBAROV, Quva tumani DSI boshligʻi

 

OʻzA

18.06.2019

Hal etilgan murojaatlar

Murojaat tasnifiYuborish usuliKelib tushgan sanaKo'rib chiqilgan sanaHudud
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратишПрезидент почтаси6 May 202418 Sentabr 2024Navoiy viloyati
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуришИшонч телефони17 Noyabr 202327 Fevral 2024Toshkent viloyati
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозиликВеб-сайт14 Fevral 202420 Fevral 2024Jizzax viloyati
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикасиВеб-сайт13 Fevral 202427 Fevral 2024Surxondaryo viloyati
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИВеб-сайт29 Aprel 20242 May 2024Toshkent viloyati

Foydali resurslar