Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand tumani Qorasuv massivida Samarqand shahri uchun ajratilgan hududda qurilgan ko‘p qavatli o‘ylarda yashayotgan aholi bilan muloqot o‘tkazdi.
Dastavval, viloyat hokimi yangi uy-joylarda yashayotgan aholining muammolarini eshitdi. Kimdir yangi qurilgan arzon uy-joylar narxining asossiz ko‘tarilib ketganini aytsa, yana kimdir uyning sifatsiz qurilgani va uning shartnomada belgilangan kvadrat metri kam ekanidan hamda mahalladagi bog‘chaning bir nafar bola uchun oylik badali juda qimmatligidan shikoyat qildi.
– Quruvchilar uyimizni to‘liq va sifatli qilib bitirmasdan ketdi, – deydi 21-uyning 35-xonadonida yashovchi Sayyora Mahmadiyorova. – Bu ham etmaganday uy olishda shartnoma qilayotganimizda uning bir kvadrat metr narxi 2 million 800 ming so‘m, deb aytilgan edi. Ammo bugun bank bizga har bir kvadrat metr uchun 3 million 400 ming so‘mdan to‘lashimizni aytyapti. Turmush o‘rtog‘im o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi. O‘zim ishsizman, ikki nafar farzandimiz bor, buncha pulni to‘lashga imkoniyatimiz yo‘q.
– Kimning uyi sifatsiz, chala qurilgan bo‘lsa, tegishli tashkilotlar tomonidan uning holati o‘rganib chiqiladi va ketadigan xarajat uy egasiga, albatta, undirib beriladi, – dedi viloyat hokimi. - Undirilgan mablag‘ evaziga har kimning o‘zi uyini ta’mirlaydi. Negaki, bu ish yana quruvchiga yuklatiladigan bo‘lsa, muammo ko‘payaveradi. Shuningdek, shu bugunoq yashayotgan uylaringizni kvadrat metrini aniqlashtirib beramiz va belgilanganidan kam chiqadigan bo‘lsa, umumiy to‘lovdan sizning foydangizga olib qolinadi. Biroq uyning bank tomonidan belgilangan kvadrat metr summasini o‘zgartirib bo‘lmaydi, uni o‘zgartirish vakolatimga kirmaydi. Qolaversa, kimning uyidan ko‘ngli to‘lmasa, norozi bo‘lsa puli qaytariladi yoki keyingi quriladigan uy-joylardan olib beriladi.
Shundan so‘ng viloyat hokimi fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob qaytardi va Qorasuv massivida amalga oshiriladigan qurilish-bunyodkorlik ishlari haqida gapirdi.
Hokim mazkur massivda ayni paytda 16 qavatli zamonaviy uylar qurilayotgan bo‘lsa, kelasi yildan boshlab 30 qavatli binolar qad rostlashini ta’kidladi. Shuningdek, mahallada zamon talablari darajasidagi 1500 o‘rinli maktab va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘chalar qurilishiga to‘xtaldi. Viloyat rahbarining aytishicha, bu mahalla yangi, ko‘rkam hamda yaqin yillarda 100 ming aholi, kelajakda esa 1 million kishi yashaydigan shaharchaga aylanadi.
Tadbirda mahalla aholisini qiynayotgan qator muammolar borligini eshitgan hokim tez kunlarda o‘sha joyning o‘zida sayyor qabul o‘tkazishini bildirdi.
Abdujabbor PO‘LATOV
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |