Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning Toyloq tumanida o‘tkazgan sayyor qabulida ushbu tuman aholisi bilan birga Samarqand shahri, Urgut, Samarqand, Jomboy tumanlaridan fuqarolar ishtirok etdi.
Ta’kidlash lozimki, aholi bilan bevosita muloqot qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarga joyida echim topish maqsadida o‘tkazilayotgan shu kabi sayyor qabullarda viloyat hokimi bilan birga viloyatdagi ijro hokimiyati idoralari va huquq-tartibot organlari rahbarlari, sudlar raislari va boshqa mutasaddilar ishtirok etmoqda. Bu esa har bir masalani o‘sha joyning o‘zida muhokama qilish va muammoga echim topishga xizmat qilmoqda. Ammo, murojaatchilar orasida buni noto‘g‘ri talqin qilayotganlar ham uchramoqda.
Toyloqdagi qabulda ham fuqarolardan biri sud qaroridan norozi bo‘lib viloyat hokimiga murojaat qildi. E.Turdimov esa ushbu fuqaro misolida sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalada kelgan boshqa murojaatchilariga ham yuzlanib shunday dedi:
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, sudьyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudьyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Viloyat hokimi bo‘lsam-da men ham qonundan tashqari ish yuritolmayman. Sud qaroridan norozi bo‘lsangiz, belgilangan tartibda yuqori turuvchi sud idoralariga murojaat qiling.
Yana bir jihat, keyingi sayyor qabullarda kuzatilayotgan va rad javobi berilayotgan bo‘lsa-da ayrim shaxslarning boqimandalik kayfiyatidagi murojaatlariga javoban ularga tomorqadan samarali foydalanish, ishga joylashish yoki oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taklif etilib, shu kabi yo‘nalishlarda ko‘mak berilishi tushuntirilmoqda. Ya’ni, ehtiyojmand odamga baliq emas, qarmoq taklif etilmoqda.
Bu galgi qabul chog‘ida ham ushbu toifadagi shaxslar ana shunday javob oldi.
Lekin haqiqatdan ham dolzarb bo‘lgan, uzoq vaqtdan buyon echimi topilmayotgan, ayrim rahbarlarning e’tiborsizligi tufayli o‘z holiga tashlab qo‘yilgan masalalarga shu erning o‘zida echim topildi. O‘rganilishi talab etiladigan murojaatlar yuzasidan muddat belgilandi.
Umuman, E.Turdimovning Toyloqdagi sayyor qabulida 210 dan ziyod murojaat qayd etilib, ularning bajarilishi nazoratga olindi.
G‘.HASANOV, O‘zA
Murojaat tasnifi | Yuborish usuli | Kelib tushgan sana | Ko'rib chiqilgan sana | Hudud |
---|---|---|---|---|
Бузилган уй-жой, олиб қўйилган ер майдони ўрнига ер майдони, уй-жой ва компенсация ажратиш | Президент почтаси | 6 May 2024 | 18 Sentabr 2024 | Navoiy viloyati |
Янги мактаб ташкил этиш, мактабга қўшимча иншоотлар қуриш | Ишонч телефони | 17 Noyabr 2023 | 27 Fevral 2024 | Toshkent viloyati |
Суриштирув, терговга қадар текширув ва тергов ҳаракатларидан норозилик | Веб-сайт | 14 Fevral 2024 | 20 Fevral 2024 | Jizzax viloyati |
Жамоат тартиби муҳофазаси ва ҳуқуқбузарликлар профилактикаси | Веб-сайт | 13 Fevral 2024 | 27 Fevral 2024 | Surxondaryo viloyati |
Пенсия ёки нафақа тўлови ТЎХТАТИЛГАНЛИГИ | Веб-сайт | 29 Aprel 2024 | 2 May 2024 | Toshkent viloyati |